So‘rovnoma natijalari bilan tanishing
2026-05-15 15:40:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligining Telegramdagi rasmiy sahifasida murojaatlar bilan ishlash sifati hamda fuqarolar murojaatlariga munosabatni yanada takomillashtirish maqsadida so‘rovnoma eʼlon qilindi.
Soʻrovnoma natijalari quyidagicha:
1. Agentlikka ko‘proq qaysi aloqa kanali orqali murojaat qilasiz?
Ijtimoiy tarmoqlar orqali — 32%
2. Agentlikka asosan qaysi masalada murojaat qilasiz?
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim masalalari — 36%
3. Agentlik xodimlarining muomala madaniyatini qanday baholaysiz?
Yuqori — 72%
4. Murojaatingiz Agentlik xodimlari tomonidan diqqat bilan tinglanadimi?
Doim — 84%
5. Xodimlar muammongizga mas’uliyat bilan yondashadimi?
Ha — 88%
6. Savollaringizga aniq va tushunarli javob beriladimi?
To‘liq tushunarli — 84%
7. Murojaatingiz bo‘yicha javob olish muddati sizni qoniqtiradimi?
Ha, to‘liq — 88%
8. Agentlikning murojaatlar bilan ishlash tizimini qanday baholaysiz?
Juda yaxshi — 64%
9. Sizningcha, Agentlik faoliyatida qaysi yo‘nalishni yanada takomillashtirish zarur?
Axborot berish sifati — 52%
Soʻrovnoma natijalari Agentlik tomonidan murojaatlar bilan ishlash yonalishida amalga oshirilayotgan ishlar kontingent tomonidan yaxshi baholanayotganligini koʻrsatdi. Shunga qaramay bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada yaxshilash, belgilangan vazifalarni oʻz muddatida va sifatli bajarish kun tartibidagi muhim masalalardan sanaladi.
Soʻrovnomada ishtirok etish uchun havola.
