“Aral Drive” — Nukuslik yoshlarning yangi avlod avtomobili
2026-04-29 13:00:00 / Yangiliklar

“Kelajak muhandislari” festivali ko‘rgazmasi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov Nukus yoshlar texnoparkining “Aral Drive” avtomobili bilan yaqindan tanishdi.
“Aral Drive” — “minimal energiya, maksimal natija” tamoyili asosida yaratilgan. Uning aerodinamik shakli havo qarshiligini kamaytiradi. Yengil kompozit materiallar esa umumiy vaznni hamda energiya sarfini sezilarli darajada qisqartiradi.
Ayni damda mazkur avtomobil festival doirasida tashkil etilgan yangi avlod avtomobillari poygasida ishtirok etmoqda.



