Andijon yoshlar texnoparkida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazild
2026-04-23 17:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘.Salomov ishtirok etdi hamda “InnoX” dasturi qatnashchilari, hududdagi yosh startapchilarning innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari va ishlanmali bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, mavjud imkoniyatlar hamda startaplarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. “InnoX” dasturi ishtirokchilari va yosh startapchilar o‘z loyihalari, taklif hamda tashabbuslarini taqdim etdilar. Uchrashuv jarayonida ularning muammolari tinglanib, istiqbolli loyihalarni rivojlantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mehmonlar texnopark hududidagi Fablab prototiplash laboratoriyasini ko‘zdan kechirdi. Ushbu laboratoriyada Jahon banki tomonidan olib kelingan zamonaviy uskunalar bilan tanishilib, ularning yoshlar loyihalarini amaliyotga joriy etishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, texnoparkda joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlar tahlil qilindi hamda faoliyatni yanada takomillashtirish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlash, hududda innovatsion muhitni rivojlantirish va yosh tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.






