Ortga qaytmas islohotlar /video/
2026-01-27 19:00:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, yoshlar “Akademik harakatchanlik” va xorijiy tashkilotlarda ilmiy stajirovkalarni tashkil etishga oid tanlovlar orqali o‘z tadqiqotlarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar mamlakatimizda ilm-fanning rivojiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
“O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan “Ortga qaytmas islohotlar” dasturida shu haqda so‘z bordi.
