2025-yil davomida Innovatsion rivojlanish agentligiga 439 ta murojaat kelib tushdi
2025-12-30 15:25:00 / Matbuot anjumanlari

2025-yil davomida Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan jami 439 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 217 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali, 222 tasi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri yozma, og‘zaki murojaat shaklida yoki boshqa idora va tashkilotlar orqali kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 407 tasi jismoniy shaxslardan, 32 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan bo‘lib, shundan 16 tasi yozma, 74 tasi og‘zaki, 349 tasi elektron murojaatlardir.
Kelib tushgan jami 439 ta murojaatning 415 tasi agentlikning markaziy apparatida, 1 tasi hududiy boshqarmalar orqali ko‘rib chiqilgan, 23 tasi taalluqliligi bo‘yicha boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.
Murojaatlar ko‘lami hududlar kesimida tahlil etilganda Toshkent shahridan 89 ta, Jizzax va Qashqadaryo viloyatidan 19 tadan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan jami 312 ta murojaat kelib tushgani maʼlum bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning 347 tasi (83.4%) qanoatlantirilgan, 60 ta (14.6%) murojaat bo‘yicha tushuntirish berilgan, 1 ta (0.2%) murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 4 ta (1.0%) murojaat ko‘rib chiqish tugatilgan, 3 ta (0.8%) murojaat ko‘rib chiqilmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki jami 439 ta murojaatdan 159 tasi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim jarayonlari, 67 tasi davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlovlar, 36 tasi startap tanlovlariga oid masalalar yuzasidan yuborilgan. Murojaatlarning qolgan qismini loyiha topshirish, ixtiro va boshqalarni amaliyotga tatbiq etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, yosh olimlar uchun mo‘ljallangan ilmiy stajirovkalarda ishtirok etish kabi masalalar tashkil etdi.
Agentlikda Ishonch telefonining samarali faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hisobot davrida fuqarolarning 4500 dan (3 tasi nazoratga olingan) ortiq qo‘ng‘iroqlari huquqiy maʼlumot berish orqali hal etildi va yozma murojaatlarning kelib tushishi oldi olindi.
Shuningdek, 2025-yilda Agentlikning rasmiy veb-saytida yo‘lga qo‘yilgan onlayn maslahat xizmati orqali 1900 nafar fuqaroga real vaqt rejimida konsultativ xizmat ko‘rsatildi.
Shuningdek, Agentlik rahbariyati tomonidan ilmiy doira vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar muammolarini eshitish va ularni hal etish maqsadida mantazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda. 2025-yilda Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ilm-fan namoyondalari, olimlar, tadqiqotchilar va yoshlar bilan 3 ta sayyor qabul o‘tkazildi. Ularda jami 26 ta murojaat kelib tushdi. Barcha murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar belgilangan tartibda hal etildi. Jumladan, 15 ta murojaat ijobiy yechim topgan, 11 ta murojaat esa xuquqiy malumot berish orqali hal qilingan.
Hurmatli ilmiy doira vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar Innovatsion rivojlanish agentligiga o‘z murojaatlaringizni Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi murojaat.gov.uz, orqali, Agentlikning rasmiy veb-sayti, info@ilmiy.uz elektron pochta manzili orqali, shuningdek, (+99871) 203-32-31 ishonch telefoni orqali yo‘llashingiz mumkin.
