Davlat tashkilotlari va hududlarning innovatsion faoliyati baholandi
2025-11-11 14:15:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasiga muvofiq vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarning innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha faoliyati muvofiqlashtirib kelinmoqda.
Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan o‘rganish natijasida tashkilotlarda innovatsion rivojlanish bo‘yicha Milliy reyting tuzildi.
Milliy reytingndan maqsad davlat organlari, tarmoq korxonalari va hududlarning innovatsion rivojlanish darajasini o‘rganish, tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholash hamda innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish orqali mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirishdan iborat.
Reyting natijalariga ko‘ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida eng yuqori uchlikni Sog‘liqni saqlash, Energetika va Suv xo‘jaligi vazirliklari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlardan ishlab chiqarish yo‘nalishida “Navoiy KMK” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Uzbekistan Airports” AJlar o‘rin oldi.
Shuningdek, hududlar kesimida Milliy reyting natijalariga ko‘ra Namangan, Jizzax va Xorazm viloyatlari yuqori o‘rinlarni, Toshkent va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi quyi o‘rinlarni egalladi.
Milliy reytingda ishtirok etgan tashkilotlarning egallagan o‘rinlari quyidagicha:
