“Science4State – 2025” amaliy tadqiqotlar tanlovi
16:30 21.08.2025

Muddat: 30.09.2025
117-tanlovOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlarda belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
- Filologiya va ijtimoiy fanlar
- Huquq fanlari
- Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar
- Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik
- Biologiya va biotexnologiya fanlari
- Pedagogika va psixologiya fanlari
- Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
- Texnika fanlari
- Tibbiyot fanlari
- Veterinariya va chorvachilik fanlari
- Iqtisodiyot fanlari
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishini tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 30-sentabrga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlov shartlari.
1. Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin.
2. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
3. Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
4. Tanlovga bajarish muddatlari 3 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
6. Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi.
7. Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
- Yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
- Dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
- Loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini 5.4-shakldagi “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish;
Eslatma:
1. Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
2. Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil
9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq ekspertizadan oʻtkaziladi.
3. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha rahbarining ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish tizimida (id.ilmiy.uz) roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy kabineti orqali topshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan ilmiy loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (425, 246, 413).
“Science4State – 2025” amaliy tadqiqotlar mavzulari
ROʻYXATI
1. “Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
1.3. “Carding” turidagi jinoyatlarni fosh etish simulyatsion elektron platformasini yaratish.
1.4. Sportda innovatsion saralash texnologiyasining dasturiy taʼminotini yaratish
2. “Filologiya va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha
2.1. Askiya sanʼatining noyob namunalarini toʻplash va mobil ilovasini yaratish
2.2. Askiya – soʻzamollik sanʼati bilan bogʻliq audiovizual asarlar toʻplamini yaratish
3. “Huquq fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
4. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar
5. Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik
6. Biologiya va biotexnologiya fanlari
7. “Pedagogika va psixologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
7.1. Ultrabinafsha nurlaridan jismoniy tarbiya va sport sohasida foydalanish texnologiyasi
7.2. Uzluksiz sport harakatining oʻzbek modelini yaratish
7.7. Sport kurashlarida tiklanishning texnologiyalarini ishlab chiqish
7.9. Oʻzbek xalq ertaklarini audio spektakllar toʻplami
8. Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish
8.7. Sugʻoriladigan maydonlarda yopiq (quvurli) sugʻorish tizimini joriy etishning texnologik asoslari
8.13. Ertapishar piyozni “Bahoroy” navi urugʻchiligini tashkil etish
9. “Texnika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
9.2. Suyuqlik chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish
9.3. Toʻqimachilik korxonalari chiqindilari asosida neft quduqlarini burgʻilash eritmasini ishlab chiqish
10. “Tibbiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
10.2. Insekt allergiyasining tashxislash va davolashni amaliyotga tatbiq etish
11. “Veterinariya va chorvachilik” yoʻnalishi boʻyicha
11.2. Oʻzbekiston issiq iqlim sharoitiga chidamli yilqilarning yangi seleksiya guruhlarini yaratish
12. “Iqtisodiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
