“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi
11:20 24.09.2026

Muddat: 26.10.2026
AmaliyOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-martdagi “Oʻzbekiston respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi PF-38-son Farmoni 2-ilova 14.1-bandi “Kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, shu jumladan, sunʼiy intellekt, kvant texnologiyalari va blokcheyn texnologiyasini joriy etish, ushbu ishlarni davlat ehtiyojlari uchun amalga oshirishga davlat buyurtmalarini shakllantirish va ularni davlat tomonidan maqsadli qoʻllab-quvvatlash”bo‘yicha, 2025-yil 9-sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik maʼlumotlardan foydalanishni kengaytirish” to‘g‘risidagi PF-177-son Farmoni 4-ilova 2-bandi “Aerokosmik texnologiyalardan foydalanishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari uchun tanlovlar eʼlon qilish” bo‘yicha, 2026-yil 2-iyuldagi “Baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish hamda tabiiy va sunʼiy suv havzalaridan foydalanish samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi PF-122-son Farmoni 3-ilova “Mahalliy karp va sovuq suv baliqlari naslini takomillashtirish hamda genetik resurslarni rivojlantirish” bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024-2030-yillarga moʻljallangan” milliy dastur to‘g‘risidagi PQ-338-son qarori1-ilova 19-bandi “Choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olishga qaratilgan innovatsion loyihalarga davlat buyurtmasini shakllantirish va tanlov eʼlon qilish” bo‘yicha, 2026-yil 20-yanvardagi “Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish” PQ-20-son qarori 3-ilova 3-bandi “Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga tibbiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish” bo‘yicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi VMQ-309-son qarori 1-ilova 4-bandi “Gematologik va onkogematologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolash” ning ustuvor yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan vazifa va topshiriqlarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
1. Qishloq xo‘jaligi;
2. Texnika fanlari;
3. Iqtisodiyot fanlari
4. Tibbiyot fanlari;
5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi fanlari;
6. Farmakologiya va farmasevtika;
7. Veterinariya va chorvachilik;
8. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari;
Loyiha rahbarlari o‘z tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha loyiha taqdim qilishlari lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 24-sentabrdan 2026-yil 26-oktabrgacha soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
1. Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
2. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
3. Bir vaqtning oʻzida boshqa amaliy loyihaga rahbar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi va ushbu holatga olib kelishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinmaydi.
4. Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
5. Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
6. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
7. Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar doirasida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar bo‘yicha kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza xulosasini olish xarajatlarini Kiberxavfsizlik davlat muassasasi talablari asosida “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritilishi lozim.
9. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
-tanlovda eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar Raqamli texnologiyalar vazirligining qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi;
-tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyiha ijrochilarining kamida 3 tasi dasturchilardan iborat bo‘lishi lozim;
yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish.
10. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalarni ishlab chiqish strukturasi loyiha taqdimoti jarayonida Ilmiy texnik kengashga taqdim etilishi lozim.
11. Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (247, 219, 211, 413, 425, 246).
“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi uchun mavzular ro‘yxati
1. Texnika fanlari yoʻnalishi boʻyicha.
1.2. Mars analog missiya uchun immersiv VR kontent va simulyatsiya tizimini yaratish.
2. Tibbiyot fanlari yoʻnalishi boʻyicha.
3. Qishloq xo‘jaligi fanlari yoʻnalishi boʻyicha.
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi fanlari yoʻnalishi boʻyicha.
5.4. Adabiy merosni turizm sohasiga integratsiya qilishning innovatsion usullarini ishlab chiqish.
6. Farmakologiya va farmasevtika
7. Veterinariya va chorvachilik
8. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari.
