“Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari”
00:00 01.01.1970

Muddat: 30.09.2026
Xotin-qizlar o‘rtasida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanloviga start berildi!
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan xotin-qizlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanlovi tashkil etilmoqda.
👩🔬 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot, innovatsion, texnologik, ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar o‘z innovatsion loyihalari bilan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
💡 Tanlov yo‘nalishlari
-
Eng yaxshi raqamli innovatsiya
-
Eng yaxshi texnologik innovatsiya
-
Eng yaxshi yashil innovatsiya
-
Eng yaxshi agroinnovatsiya
-
Eng yaxshi tibbiy va bioinnovatsiya
-
Eng yaxshi energetik innovatsiya
-
Eng yaxshi ta’lim va ijtimoiy innovatsiya
-
Eng yaxshi sanoat va ishlab chiqarish innovatsiyasi
-
Eng yaxshi ixtiro va yangi texnik yechim
-
Eng yaxshi tijoratlashtirilgan innovatsion loyiha
Loyiha ma’lumotlarini taqdim etish tartibi:
Ishtirokchilar tomonidan Innovatsion mahsulotlar, texnologiyalar ko‘rgazmasi va savdosini tashkil etishga mo‘ljallangan Innomarket.uz axborot tizimiga loyiha xususiyatidan kelib chiqib quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
-
Mahsulot (yangi texnik yechim) nomi va tavsifi;
-
Mahsulot turi;
-
Ishlanma muallifining faoliyat yuritayotgan tashkiloti;
-
Intellektual mulk obyekti muhofazasi hujjatlari;
-
Investitsiya zarurati va loyiha turi;
-
Tegishli soha va tarmoqlarning qaysi muammolariga yechim bo‘lishi;
-
Loyiha doirasidagi mahsulot rasmlari va uning taxminiy narxi.
Eslatma: Gigiyenik va muvofiqlik sertifikatlari, texnologik reglamentlar, texnik shartlar, sinov natijalari, joriy etilganligi ma’lumotlari “Mahsulot tavsifi” bo‘limiga kiritiladi.
🏆 G‘oliblarni nima kutmoqda?
-
“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida loyihalarini ko‘rgazmada namoyish etish;
-
Innovatsion ishlanmalarini keng jamoatchilik va mutaxassislarga taqdim etish;
-
Investitsiya jalb qilish, loyihalarni tijoratlashtirish va texnologik hamkorlik o‘rnatish;
-
Innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish.
🗓 Muhim sanalar
-
30-sentabr 2026-yil soat 23:59 ga qadar — loyihalarni qabul qilish.
-
1–15-oktabr 2026-yil — loyihalarni ekspertlar tomonidan saralash.
-
27–29-oktabr 2026-yil — “InnoWeek.Uz–2026” doirasida TOP-100 loyihalar ko‘rgazmasi, taqdimotlari hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi.
Loyihalar Innomarket.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
🚀 Sizda innovatsion g‘oya yoki ishlanma bormi? Unda o‘z imkoniyatingizni namoyon eting!
Innovatsion g‘oya va ishlanmangizni tanlovga taqdim eting, uni yangi bosqichga olib chiqing hamda investitsiya, tijoratlashtirish va texnologik hamkorlik imkoniyatlaridan foydalaning!
Xotin-qizlar innovatsiyasi — yangi g‘oyalar, yangi imkoniyatlar va yangi taraqqiyot sari qadam!
