“Oʻzbekiston-Turkiya” xalqaro qoʻshma tanlovi
20:45 14.09.2026

Muddat: 14.12.2026
Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot loyihalar boʻyicha “Oʻzbekiston-Turkiya” xalqaro qoʻshma tanlovi
Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan tashabbuskor amaliy tadqiqotlar boʻyicha “Oʻzbekiston-Turkiya” xalqaro qoʻshma tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
|
Т/r. |
Turkiya tomonidan hamkor tashkilot loyihalarining fan yo‘nalishlari |
O‘zbekiston tomonidan qabul qilinadigan loyihalarning fan yo‘nalishlari |
|
Amaliy tadqiqotlar (bajarilishi 2-yilgacha bo‘lgan) |
||
|
1. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari |
Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari |
|
2. |
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi |
Qishloq xo‘jaligi |
|
Veterinariya va chorvachilik fanlari |
||
|
3. |
Tibbiyot |
Tibbiyot |
|
4. |
Ilg‘or materiallar texnologiyalari |
Texnika |
|
5. |
Fizika |
Matematika, fizika va mexanika fanlari |
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishini tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ilmiy jamoa Turkiya tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor topishlari va ikki tomonda eʼlon qilingan tanlov shartlari boʻyicha bir xil mavzuga mos loyihalarni taqdim qilishlari lozim. Tanlovning barcha bosqichlarida ikki tomondan ham ijobiy natijaga ega loyihalargina keyingi bosqichga oʻtkaziladi (Tanlovga bajarilishi ikki yilga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi ikki yildan ortiq muddatlarga moʻljallangan ilmiy loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi).
- Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali Turkiya tarafi (http://uidb-pbs.tubitak.gov.tr/) orqali 2026-yilning 14-sentabrdan 14-dekabrga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlov shartlari
- Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin.
- Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
- Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
- Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
- Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
- Turkiyadagi hamijrochi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot va loyiha talabnomasi ilova qilinishi lozim.
- Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning (benefitsiar) qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi.
- Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
- Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar doirasida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar bo‘yicha kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza xulosasini olish xarajatlarini Kiberxavfsizlik davlat muassasasi talablari asosida “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritilishi lozim.
- Amaliy tadqiqot loyihasini bajarish davri boʻyicha loyiha qiymati quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim:
-bajarilishi bir yil boʻlgan amaliy tadqiqot loyihasi – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 500 barobarigacha;
-bajarilishi ikki yil boʻlgan amaliy tadqiqot loyihasi – BHMning 3 000 barobarigacha mablag‘ ajratiladi;
11.Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
-tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar Raqamli texnologiyalar vazirligining qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi;
-tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyiha ijrochilarining kamida 3 tasi dasturchilardan iborat bo‘lishi lozim;
-yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
-dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
-loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (247, 219, 211, 413, 425, 246).
