Yosh olimlarni Xitoyning Huazhong fan va texnologiya universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlovi
15:55 20.08.2026

Muddat: 30.09.2026
Ilmiy stajirovkaStajirovka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom (Nizom) talablariga muvofiq va Xitoyning Huazhong fan va texnologiya universiteti (Huazhong University of Science and Technology) bilan tuzilgan kelishuvga asosan tashkil etiladi.
Tashkilot: Xitoyning Huazhong fan va texnologiya universiteti.
1-dastur yo‘nalishi: Mujassam intellekt.
2-dastur yo‘nalishi: Hisoblash tasvirlash texnologiyalari.
3-dastur yo‘nalishi: Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari
4-dastur yo‘nalishi: Sun’iy intellekt asosida video kodlash texnologiyalari
5-dastur yo‘nalishi: Intellektual simsiz aloqa texnologiyalari
6-dastur yo‘nalishi: Intellektual simsiz lokatsiyani aniqlash texnologiyalari
Dastur tili: ingliz tili.
Dastur muddati: 5 oy.
Ishtirokchilar soni: 30 nafar.
Tanlov g‘oliblari ilovada keltirilgan stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 2026-2027-yillar davomida stajirovkaga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar (Buyurtmachi) tomonidan stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar
ilovalarga muvofiq Nizom talablari asosida 2026-yilning 20-avgust sanasidan
2026-yilning 30-sentabr (shu kuni ham 23:59gacha) sanasiga qadar internship.ilmiy.uz xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.
Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
Nomzodlarni tavsiya etish jarayonining holisligini va taqdim etilayotgan ma’lumot (hujjat)larning to‘liqligi, haqqoniyligi shu bilan birga, tavsiya etilgan nomzodlarni saralash tanlovlarda ishtirokini ta’minlash buyurtmachi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Agentlik mas’ul xodimlari:
Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Yusupov Suxrob Qaxramon o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 655), elektron manzil: s.yusupov@ilmiy.uz;
Axborot tizimiga texnik tomondan qo‘llab qo‘vatlash uchun mas’ul AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Tojiyev Sardor Azimqul o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 647), elektron manzil: s.tojiyev@ilmiy.uz.
Ilovalar:
1. Stajirovka dasturlari
