“Qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimlari”
13:05 11.08.2026

Muddat: 20.09.2026
AmaliyO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi “Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-365-son qarorining
20-bandi b-kichik bandida Uyushma va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2026-2028-yillar uchun umumiy moliyalashtirish hajmi 30 milliard soʻmlik ilmiy loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish vazifa va topshiriqlarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi.
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari o‘zining loyihasi tadqiqot yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali
2026-yil 11-avgustdan 2026-yil 20-sentabrgacha soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlov shartlari quyidagilar:
1. Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi;
2. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin;
3. Bir vaqtning oʻzida boshqa amaliy loyihaga rahbar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi va ushbu holatga olib kelishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinmaydi;
4. Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim;
5. Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi;
6. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi);
7. Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi;
8. Tanlovga kelib tushgan loyiha hujjatlari Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashiga yuborilishi va ularning ijobiy xulosasi asosida saralashning keyingi bosqichiga oʻtkaziladi;
9. Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
10. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish;
11. Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (247, 219, 211, 413, 425, 246).
“Qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimlari” tadqiqotlar tanlovi uchun mavzular
RO‘YXATI
I.“Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik” yo‘nalishi bo‘yicha mavzular ro‘yxati:
- Dispers texnogen chiqindilar, mahalliy xom ashyolar asosida energiya va resurs tejamkor serg‘ovak beton bloklar ishlab chiqish;
- Fosforli o‘g‘itlar chiqindilari asosida fibroko‘pikfosfogipsli bloklarning optimal tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi yaratish;
- Mahalliy xom ashyolar asosida fibrobetonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish;
- Qurilish sanoati elektromontaj kabellarining PVX va rezina qoplamalari uchun yuqori samarador koʻp funksiyali plastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun ikkilamchi xomashyolar asosida tabiiy gazga muqobil energiya samarador va xavfsiz yoqilg‘i olish hamda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish;
- Sement gidratatsiyasi kinetikasini boshqaruvchi ikki funksiyali polikarboksilat efir superplastifikatorlarini molekulyar loyihalash, sintez qilish va ularning uzoq muddat ishlovchan beton qorishmalarida qo`llash;
- Metall va yog‘och konstruksiyalar uchun yong‘inga bardoshli qavariqlanuvchi м olish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Seymsik ta’sirlardan qum-gilli gruntlarni mustahkamlash uchun quruq qurilish (sement) aralashmasini ishlab chiqish;
- Beton va temir-beton inshootlardagi yoriq (darz)larni bartaraf etish uchun gidroizolatsiyali inyeksiya tarkibini ishlab chiqish;
- Quytosh koni vollastonitini boyitishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish va sanoat tarmoqlarida foydalanishning texnik imkoniyatlarini kengaytirish;
- Rulonli kompozitsion qurilish materiallari ishlab chiqarishda mahalliy mineral to‘ldiruvchilardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Qashqadaryo hududidagi mavjud marmar konlari sanoat chiqindilaridan qurilish materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish;
- “Kvarts” AJ chiqindisi asosida sement sinovlari uchun ko‘p fraksiyali standart qum ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Resikllangan beton to‘ldiruvchilari asosida yangi avlod devor bloklarini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Mahalliy sho‘rsuv gili va neft shlami asosida sun’iy yengil to‘ldiruvchi (keramzit) ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Keramika buyumlari ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan gips qolip chiqindilari va gips chiqindilaridan qurilish gipsini qayta ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Keramik kompozitsion plyonkalar bilan jihozlangan gelioqurilmada gazobeton bloklarini quritish va qotirishning energiya samarador texnologiyasini ishlab chiqish;
- Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida suvga chidamliligi va mustahkamligi oshirilgan kompozitsion gips bog‘lovchi ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;
- Minerallashtirilgan sholi somoni bilan armaturalangan issiqlik izolyatsion gips plitalari va yengil devor bloklarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;
- Sholi somoni kuli va sanoat chiqindilari asosida suvga chidamli gips kompozitlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;
- Drenaj kanallari gruntlari va sholi somoni asosida energiya tejamkor yengil keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;
- Yangi avlod issiqlik izolyatsiyali polimer kompozit devor panellarini ishlab chiqish va qurilish amaliyotiga joriy etish;
- Energiya samarador binolar uchun zamonaviy polimer-kompozit sendvich panellar texnologiyasini ishlab chiqish;
- Binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi nurni tanlab oʻtkazuvchi (Low-E va Cool-Glass nanocomposite) shisha qoplamalari texnologiyasini ishlab chiqish;
- Shahar havosidagi zaharli gazlarni parchalovchi innovatsion fotokatalitik fasad boʻyoqlari va suvoq qorishmalari texnologiyasini ishlab chiqish;
- Qurilish materiallarining ekologik xavfsizligini zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari bazasida nazorat qilish hamda baholash texnologiyasini ishlab chiqish;
- Modifikatsiyalangan loy minerallari asosidagi materiallarning sorbsion
va fotokatalitik xususiyatlarini yaxshilash texnologiyasini ishlab chiqish; - Avtomobil shina chiqindilari asosida zarbga hamda tebranishga chidamli yangi turdagi kompozitsion qurilish va pardoz materiallari texnologiyasini ishlab chiqish;
- Mahalliy yog‘och to‘ldiruvchilari hamda birlamchi va ikkilamchi polivinilxlorid asosida ekologik jihatdan yangi turdagi innovatsion materiallar (listsimon va xona eshiklari uchun) olish texnologiyasini ishlab chiqish;
- Qizdirilmaydigan va kam qizdiriluvchi temir-beton konstruksiyalar uchun Polifunksional resurs tejamkor kompleks Kimyoviy qo‘shimchani ishlab chiqish;
- Mahalliy xomashyo asosida atom energetikasi va radiatsion xavfsizlik obyektlari uchun yangi avlod radiatsiyadan himoyalovchi betonlarni ishlab chiqish.
