“Mahalla master rejasi” respublika tanlovi
09:00 01.08.2026

Muddat: 15.09.2026
AmaliyTalabalar uchun “Ьahalla master rejasi” tanlovi
Tanlovning asosiy maqsadi: Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-49-son qarori muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Jahon banki va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda talabalar tomonidan Oʻzbekiston boʻylab 16 ta “ogʻir” toifadagi mahallalar uchun master reja loyihalarini ishlab chiqish maqsadida tashkil etmoqda.
Ushbu tanlov talabalarga mahallalarni rivojlantirishda yangicha yondashuvlarni oʻrganish, nazariy bilim va koʻnikmalarni amaliyotga joriy qilish, hududiy rivojlanish masalalari ustida jamoaviy ishlash, amaliy master reja yechimlarini ishlab chiqish hamda mahallalar kelgusi taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshish imkonini beradi.
Tanlov ishtirokchilari:
Hududlarga biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlarida iqtisodiyot va texnika yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bakalavr hamda birinchi
va ikkinchi bosqich magistratura talabalari.
Bunda, biriktirilgan oliy taʼlim tashkilot har bir “ogʻir” toifadagi mahalla master reja loyihasini ishlab chiqish uchun 5–7 nafar talabalardan iborat guruhni ichki tanlov asosida tuzadi hamda unga masʼul pedagogni biriktiradi.
Tanlovni tashkil etish bosqichlari:
biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan ichki tanlov asosida talabalar guruhlarini shakllantirish – 2026-yil 15-sentabrgacha;
talabalar uchun mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida master reja ishlab chiqish boʻyicha onlayn seminar tashkil etish – 2026-yil 30-sentabrgacha;
dastlabki master reja loyihalari muhokama etish – 2026-yil 30-oktabrgacha;
yakuniy master reja loyihalarini topshirish – 2026-yil 1-dekabrgacha;
yakuniy taqdimot va baholash – 2026-yil 25-dekabrgacha.
Tanlovga arizalar taqdim etish:
Jadvalda keltirilgan oliy ta`lim tashkilotlarining iqtisodiyot va texnika yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bakalavr hamda birinchi
va ikkinchi bosqich magistratura talabalari mazkur havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin (https://forms.gle/wwcu2ZxqipSaXxSH6).
