“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi
09:00 23.06.2026

Muddat: 23.07.2026
AmaliyOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi PF-78-son,
“2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son, “Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-279-son,
“Prezident akademiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha” chora-tadbirlar dasturi 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son, “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PQ-265-son, ““Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 25-martdagi
PQ-110-son, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida shamol eroziyasining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2026-yil
31-martdagi 135-son, “2026–2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2026-yil 25-maydagi
275-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining 2026-yil
28-yanvardagi Orol dengizining gʻarbiy qismini asrab qolish uchun amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar doirasida belgilangan vazifa va topshiriqlarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi fanlari
- Texnika fanlari
- Farmakologiya va farmatsevtika fanlari
- Iqtisodiyot fanlari
- Yer toʻgʻrisidagi fanlar
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari o‘zining loyihasi tadqiqot yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 23-iyundan
2026-yil 23-iyulgacha soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
1.Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
2.Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
3.Bir vaqtning oʻzida boshqa amaliy loyihaga rahbar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi va ushbu holatga olib kelishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinmaydi.
4.Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
5.Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
6.Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
7.Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik
va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi.
8.Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
9.Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish.
10.Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (247, 219, 211, 413, 425, 246).
“Maqsadli amaliy” tadqiqotlar tanlovi uchun mavzular
ROʻYXATI
1. “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” yoʻnalishi boʻyicha:
1.1. Sanoat va issiqxonalar uchun mahalliy xomashyolar asosida yuqori samarador past oqim qarshilikni issiq va yonishga bardoshli filtrlar yaratish texnologiyasini ishlab chiqish;
1.2. O‘zbekiston Respublikasi hududini ekologik jihatdan tumanlashtirish metodikasining yangi tahririni ishlab chiqish;
1.3. GAT texnologiyalari asosida ekologik xavflilik darajasi bo‘yicha vizual kartografik modellashtirish;
1.4. Surxondaryo viloyatida Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish va bioxilma-xillikni tiklash uchun innovasion yashil himoya hududlarini barpo etish texnologiyalarini ishlab chiqish;
1.5. Afg‘on shamolining mintaqaning geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tarqalish doirasi va salbiy ta’sirini baholash asosida ta’sir hududlari kengayishining oldini olish bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqish;
1.6. Sirdaryo viloyatida Afg‘on shamoli va shamol eroziyasiga qarshi yerlar degradatsiyasining oldini olish hamda bioxilma-xillikni tiklashga qaratilgan ixota daraxtzorlari barpo etish texnologiyalarini ishlab chiqish;
1.7. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida qisqa va uzoq istiqbolda suv hajmi va ekologik holatini modellashtirish;
1.8. Mintaqaviy “ICON-CLM” iqlim modeli yordamida Oʻzbekistonning yaqin (2030-yilgacha) va oʻrta kelajakdagi (2040-yilgacha) iqlim ssenariylarini ishlab chiqish;
1.9. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan emissiyalar miqdorini sohalar boʻyicha hisoblash metodikasini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida);
1.10. Sanoatlashgan shaharlar atmosferasi havosining ifloslanishini va uning aholi salomatligiga taʼsirini baholash;
1.11. Sanoat oqova suvlarini selektiv tozalab, sugʻorish suvlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish;
1.12. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida tuproq degradatsiyasi hamda suv balansini tartibga soluvchi madaniy o‘rmonlarni zamonaviy yopiq ildiz tizimli konteyner (“blok kasseta”, “Zip-Lok”) usulida barpo etish texnologiyasini joriy etish;
1.13. O‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonalarida yaproqbargli va ignabargli ko‘chat hamda nihollarning asosiy kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishning uyg‘unlashgan yangi himoya texnologiyasini ishlab chiqish;
1.14. Qurigan Orol dengizi tubida mahalliy cho‘l o‘simliklarini introduksiya
va seleksiya qilishning zamonaviy ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
2. “Texnika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
2.1. Mahalliy xomashyolar asosida sanoat korxonalari va issiqxonalari uchun Yevropa standartlari talablariga mos innovatsion gaz tozalash qurilmalarining konstruktiv va texnologik asoslarini ishlab chiqish;
2.2. Tegirmon va nasos detallari ishchi yuzalarining yeyilishga chidamliligini oshirishning innovatsion texnologik tamoyillarini ishlab chiqish.
3. “Farmakologiya va farmatsevtika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
3.1. Mahalliy Perovskia turkumiga mansub o'simliklardan sitostatik
va yallig‘lanishga qarshi kriptotanshinon va tanshinon IIA moddalarini ajratish texnologayasi bo‘yicha amaliy tadqiqot;
3.2. Tish implantatsiyasida yallig‘lanish asoratlarini oldini olish uchun germetik polimer material texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tadqiqot;
3.3. CHO hujayralarida rekombinant monoklonal antitana omalizumabni olish
va tozalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tadqiqot;
3.4. Yangi avlod biofarmatsevtik mahsulotlarini yaratish uchun ekzosomalarning kompleks profillash va terapevtik salohiyatini baholash platformasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tadqiqot;
3.5. “Glycyrrhiza glabra L. ildizi va uning qayta ishlash mahsulotlaridan yuqori tozalikdagi enoksolon (18β-glitsirretin kislota) substansiyasini olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha amaliy tadqiqot;
3.6. Epileptogenezning hujayraviy modellaridan foydalangan holda yangi farmakologik nishonlarni izlash va metabolik yo‘naltirilgan tutqanoqqa qarshi vositalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tadqiqot;
3.7. Dentinni minimal invaziv plombalash uchun bioaktiv nanosement
va innovatsion qo‘llash tizimini yaratish bo‘yicha amaliy tadqiqot.
4. “Iqtisodiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
4.1. Oʻzbekistonda davlat xizmati, siyosati va boshqaruvi sohasida milliy ilmiy maktablarni shakllantirishning huquqiy, tashkiliy va moliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish;
4.2. Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari Indeksi (SDG Index)” koʻrsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlarini tadqiq qilish hamda davlat organlari boshqaruv kadrlarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltirilgan elektron taʼlim platformasini yaratish;
4.3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvida rahbar kadrlar salohiyatini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida baholash va rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish;
4.4. Davlat siyosati va boshqaruvi fanlarining global tendensiyalari asosida davlat hokimiyati va aholi oʻrtasida ochiq muloqot tizimini takomillashtirish.
5. “Yer toʻgʻrisidagi fanlar” fanlari yoʻnalishi boʻyicha:
5.1. Marganes tarkibli mineral xomashyolarni kompleks qayta ishlashning resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish;
