“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi
07:55 20.06.2026

Muddat: 22.07.2026
FundamentalOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil
16-fevraldagi PF-22-son qarori 6-ilovasi 21-bandidagi matematika, fizika va mexanika fanlari, filologiya va ijtimoiy fanlari, texnika fanlari, tarix va arxeologiya fanlari, biologiya va biotexnologiya fanlari, tibbiyot fanlari hamda qishloq xo‘jaligi fanlari yoʻnalishlarida ilmiy yechimga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan fundamental tadqiqot loyihalari tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- Matematika, fizika va mexanika fanlari
- Filologiya va ijtimoiy fanlari
- Texnika fanlari
- Tarix va arxeologiya fanlari
- Tibbiyot fanlari
- Qishloq xo‘jaligi fanlari
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishini tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (www.loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 20-iyundan 2026-yil
22-iyulgacha soat 23:55 qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlov shartlari.
- Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi lozim. Ilmiy jamoada yosh olimlar va iqtidorli talabalar (shu jumladan, magistratura talabalari) ishtirok etishi maqsadga muvofiq.
- Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin. Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
- Loyiha hamrahbari sifatida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan va loyiha mavzusi yoʻnalishida muhim natijalarga erishgan, “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida “Hirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan yetakchi olimlar jalb qilinadi.
- Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida bir turdagi ikkita loyihaga rahbar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi va ushbu holatga olib kelishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinmaydi.
- Ilmiy loyiha Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali elektron platformaga yuklanishi lozim:
- Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov gʻoliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari va ilmiy loyihalarni bajaruvchi tashkilot rahbarlari javobgar hisoblanadilar.
- Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
- Tanlovga taqdim etiladigan loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi va bajarish muddatlari, eʼlon qilinadigan loyiha mavzusining matniga muvofiq boʻlishi shart.
- Tanlovda belgilangan yoʻnalishlarda bajarilishi 4 (toʻrt) yilga moʻljallangan fundamental tadqiqotlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 12 000 barobaridan oshmagan holda mablagʻ ajratiladi.
- Tanlovda belgilangan yoʻnalishlar bo‘yicha har bir mavzuda eng yuqori ball olgan 1ta mavzu moliyalashtiriladi.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha rahbarining ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish tizimida (id.ilmiy.uz) roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy kabineti orqali topshiriladi va ijrochi tashkilot masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (413, 425, 246).
“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovining mavzular roʻyxati
Bajarilishi toʻrt yilga moʻljallangan fundamental loyihalar
- “Matematika, fizika va mexanika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
- Astrofizik obyektlarda va Bose-Einstein kondensatlarida Jozefson effektlarini tadqiq qilish.
- Qorong‘i materiya va energiya (fundamental) fizik modellari hamda koinot kengayishining kosmologik kuzatuvlar tahlili.
- “Filologiya va ijtimoiy fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
- Alisher Navoiy adabiy merosini ilmiy tadqiq qilishning integrativ modeli;
- Konsorsium asosida o‘zbek filologiyasiga oid zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning metodologik asoslari.
- “Texnika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
- Noaniqlik sharoitida elektr yuritmalarni adaptiv-bashoratli boshqarishning sintez usullari, optimallik mezonlari va barqarorlik kafolatlari;
- Sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda nanostrukturali membranalar va fotokatalitik suv tozalash tizimlarini yaratish hamda ularning ishlashining fundamental mexanizmlarini tadqiq etish;
- Sanoat chiqindilaridan kremniy dioksidi nanozarralari hosil bo‘lishining
fizik-kimyoviy qonuniyatlari va sintez mexanizmlarini fundamental tadqiq etish; - O‘zbekistonda energetika sohasini uzoq muddatli rejalashtirish uchun sun’iy intellektga asoslangan aqlli modellarning fundamental asoslari.
- “Tarix va arxeologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
- Barqaror rivojlanish kontekstida zamonaviy Markaziy Osiyo.
- “Tibbiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
- Saraton mikromuhitida NK-hujayralarining funksional plastikligi va immun zaiflashuvining molekulyar mexanizmlari.
- “Qishloq xo‘jaligi fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
- Tolali zig‘ir (Linum usitatissimum L.)da abiotik va biotik stress omillari ta’sirida tola hosildorligi va sifati shakllanishining genetik, molekulyar-biologik, fiziologik va bioximik asoslarini tadqiq etish;
- Istiqbolli dorivor va ayrim foydali o‘simliklarni introduksiyalash, yetishtirish texnologiyalari, xom ashyo tayyorlash hamda yangi mahsulot turlarini yaratishning ilmiy asoslari;
- Iqlim o‘zgarishi sharoitida yaylovlarni boshqarishning adaptiv institutsional-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va smart-yaylov ekotizimini shakllantirish (Oʻzbekistonning barcha hududlarida);
- Oziq-ovqat tizimlari barqarorligi va iqlim o‘zgarishiga moslashuv: O‘zbekistonda agroekologik transformatsiya yo‘llarini modellashtirish;
- O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligini kechiktirilgan o‘zgaruvchilar yondashuvi asosida o‘lchash: Tuzilmaviy tenglamalar modeli (SEM)
