Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
11:15 22.06.2026

Muddat: 30.08.2026
Ilmiy stajirovka
Stajirovka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom (Nizom) talablariga muvofiq va "Texas A&M" Universiteti"(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) (Texas A&M University, Norman Borlaug Institute for International Agriculture and Development) bilan tuzilgan kelishuvga asosan tashkil etiladi.
Tashkilot: Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti.
1-dastur yo‘nalishi: Suv ta'minoti, yer osti suvlari, suvdan qayta foydalanish
2-dastur yo‘nalishi: Atrof-muhit fanlari, qurilish muhandisligi
Dastur tili: ingliz tili.
Dastur muddati: 4 oy.
Ishtirokchilar soni: 10 nafar.
Tanlov g‘oliblari ilovada keltirilgan stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 2026-2027-yillar davomida stajirovkaga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar (Buyurtmachi) tomonidan stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar ilovaga muvofiq Nizom talablari asosida 2026-yilning 22-iyun sanasidan
2026-yilning 30-avgust (shu kuni ham 23:59gacha) sanasiga qadar internship.ilmiy.uz xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Agentlik mas’ul xodimlari:
Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Yusupov Suxrob Qaxramon o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 655), electron manzil: s.yusupov@ilmiy.uz;
Axborot tizimiga texnik tomondan qo‘llab qo‘vatlash uchun mas’ul AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Tojiyev Sardor Azimqul o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 647), elektron manzil: s.tojiyev@ilmiy.uz.
Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot
Ilovalar:
1. Stajirovka dasturlari
