“EcoStatPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlov
19:30 17.06.2026

Muddat: 20.07.2026
AmaliyOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 13-martdagi PF-40-son, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son, “Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishni ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 12-maydagi PF-83-son, “Kosmosga sunʼiy yoʻldosh uchirish hamda birinchi oʻzbek fazogirini tayyorlash boʻyicha dastlabki ishlar yuzasidan oʻtkazilgan taqdimot yakunlari boʻyicha” 2026-yil 12-maydagi PF-177-son, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteriga amalga oshirilgan tashrif doirasida berilgan 56-sonli topshiriq, “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son, “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 18-apreldagi PQ-161-son, “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2026-yil
12-fevraldagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “2026-yilda Orol dengizining qurigan tubi va boshqa choʻl hududlarida “Yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlarini barpo etish boʻyicha Yoʻl xaritasi” hamda 2025-yil 4-noyabrdagi VMQ-691-son qarori bilan tasdiqlangan “Hujjatlar tilga kirganda: qatagʻon qurbonlari hujjatlar toʻplami” maqsadli ilmiy loyihasi doirasida belgilangan vazifa va topshiriqlarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari
- Iqtisodiyot fanlari
- Yer to‘g‘risidagi fanlari
- Farmatsevtika va biotexnologiya fanlari
- Texnika fanlari
- Qishloq xo‘jaligi fanlari
- Tarix va arxeologiya fanlari
- Filologiya va ijtimoiy fanlari
- Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi fanlari
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishini tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 17-iyundan 2026-yil
20-iyulgacha soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
1. Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin.
2. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
3. Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
4. Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
6. Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi.
7. Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish.
9. Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (247, 219, 211, 413, 425, 246).
“EcoStatPro” amaliy tadqiqotlar tanlovi uchun mavzular
ROʻYXATI
1. “O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
2. “Iqtisodiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
3. “Yer to‘g‘risidagi fanlar” yoʻnalishi boʻyicha:
3.2. Bir jinsli bo‘lmagan ko‘p qatlamli zaminda joylashgan poydevor inshootlariga seysmik kuchlar ta’sirini baholash;
4. “Farmatsevtika va biotexnologiya” yoʻnalishi boʻyicha:
4.2. Onkogematologik kasalliklarni tashxislash uchun BCR-ABL1 p210 va JAK2 V617F mutatsiyalariga yo‘naltirilgan PZR diagnostikumlarini ishlab chiqish;
4.3. Diabetik yara uchun fitobiogen yangi avlod lipofilik spreyi yaratish
5. “Texnika fanlar” fanlari yoʻnalishi boʻyicha:
5.1. Mars analog missiya uchun immersiv VR kontent va simulyatsiya tizimini yaratish;
5.2. “1U CubeSat” sun’iy yo‘ldoshini yaratish orqali kosmik muhandislik, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari va kosmik tadqiqotlar bo‘yicha milliy kompetensiyalarni rivojlantirish.
6. “Qishloq xo‘jaligi” yoʻnalishi boʻyicha:
6.2. Qurg‘oqchilik va sho‘rlangan yerlarga mos yuqori hosilli C-4 guruhiga mansub ozuqa ekinlari seleksiyasi va birlamchi urug‘chiligi tizimini yo‘lga qo‘yish;
6.3. Soyaning yangi nav va tizmalariga mos bo‘lgan azot to‘plovchi Bradyrihizobim japonicum bakteriyasini qo‘llash orqali yuqori sifatli don olishning resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish;
6.4. Chorva mollari ozuqa zaxirasini yaratishda “Afrika tarig’i”, “Forish sebargasi” va “Aleksandr sebargasi” ekinlarining sun’iy yaylovlarini intensiv kengaytirish uslubini ishlab chiqish.
7. “Tarix va arxeologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
8. “Filologiya va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha:
8.2. Milliy maqom ijrochiligining keng targ‘ibotiga qaratilgan “Shashmaqom doira usullari” nomli elektron platforma yaratish;
8.3. Baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun mutaxassislik fanlaridan yangi avlod darsliklarini yaratish va planshetlar uchun multimediya dasturlarini ishlab chiqish;
8.4. Jonli ijrodagi an’anaviy dostonlarni yozib olish va ular asosida sahna asarlarini yaratish.
9. “Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” yoʻnalishi boʻyicha:
9.2. Global iqlim o‘zgarishi sharoitida teskari osmos texnologiyasida tozalangan kollektor-zovur suvlaridan tomchilatib sug‘orishda foydalanish orqali sho‘rlangan tuproqlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilashning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish;
9.3. Iqlim o‘zgarishi sharoitida cho‘l tuproqlari unumdorligini tiklash va ekologik sof mahsulot yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish;
9.4. Global iqlim o‘zgarishi sharoitida lalmi maydonlarda mikrobiologik preparatlar qo‘llash orqali tuproq biogenligi va unumdorligini oshirish hamda organik mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish.
