Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov
09:50 18.06.2026

Muddat: 30.07.2026
Ilmiy stajirovkaStajirovka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom (Nizom) talablariga muvofiq va Koreya Respublikasining Sejong universitetiga (Sejong University the Republic of Korea) bilan tuzilgan kelishuvga asosan tashkil etiladi.
Tashkilot: Koreya Respublikasining Sejong universiteti.
1-dastur yo‘nalishi: Aqlli shaharlar va shaharsozlik tahlili uchun geoaxborot sun’iy intellekti (Geo-AI)
2-dastur yo‘nalishi: Atrof-muhit va shahar muhitini bashorat qilishda chuqur o‘qitish usullari
3-dastur yo‘nalishi: Fazoviy ma’lumotlarni sun’iy intellekt asosida vizuallashtirish va raqamli taqdim etish texnologiyalari
4-dastur yo‘nalishi: Simsiz aloqani aks ettiruvchi sirtlar va grafik asosidagi sun'iy intellekt yechimi yordamida aqlli modellashtirish.
5-dastur yo‘nalishi: Mashinali o‘qitish asosida ko‘rinadigan yorug‘lik orqali aloqa (VLC) texnologiyasiga tayangan IoT tarmoqlarini loyihalash va joriy etish
Dastur tili: ingliz tili.
Dastur muddati: 3 oy.
Ishtirokchilar soni: 12 nafar.
Tanlov g‘oliblari ilovada keltirilgan stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 2026-2027-yillar davomida stajirovkaga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar (Buyurtmachi) tomonidan stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar ilovaga muvofiq Nizom talablari asosida 2026-yilning 18-iyun sanasidan
2026-yilning 30-iyul (shu kuni ham 23:59gacha) sanasiga qadar internship.ilmiy.uz xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.
Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot
Ilovalar:
1. Stajirovka dasturlari
