Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha “Oʻzbekiston-Yaponiya” xalqaro qoʻshma tanlovi
23:55 05.06.2026

Muddat: 05.09.2026
HamkorlikIlmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha “Oʻzbekiston-Yaponiya” xalqaro qoʻshma tanlovini eʼlon qilish matni
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarni qabul qilish uchun Yaponiya ilm-fanni rivojlantirish jamiyati (JSPS) bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston-Yaponiya” xalqaro qoʻshma tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
|
Yaponiya tomoni |
Oʻzbekiston tomoni |
|
1. Gumanitar fanlar |
1. Filologiya va ijtimoiy fanlar 2. Tarix va arxeologiya fanlari |
|
2. Ijtimoiy fanlar |
3. Iqtisodiyot fanlari 4. Pedagogika va psixologiya fanlari |
|
3. Tabiiy fanlar |
5. Biologiya va biotexnologiya fanlari 6. Yer toʻgʻrisidagi fanlar 7. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiyalar 8. Matematika, fizika va mexanika fanlari 9. Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi |
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishini tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ilmiy jamoa Yaponiya tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor topishlari va ikki tomonda eʼlon qilingan tanlov shartlari boʻyicha bir xil mavzuga mos loyihalarni taqdim qilishlari lozim. Tanlovning barcha bosqichlarida ikki tomondan ham ijobiy natijaga ega loyihalargina keyingi bosqichga oʻtkaziladi.
Yaponiya tomoni uchun loyiha arizalari JSPS tomonidan
belgilangan elektron platforma orqali topshiriladi. Yaponiya tomonining tanlov shartlari hamda ariza topshirish tartibi ushbu veb-saytda keltirilgan: https://www.jsps.go.jp/j-bilat/semina/shinsei_bosyu.html
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil
5-iyundan 2026-yil 5-sentabr soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
1. Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin.
2. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
3. Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
4. Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
6. Yaponiyadagi hamijrochi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot va loyiha talabnomasi ilova qilinishi lozim.
7. Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning (benefitsiar) qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi.
8. Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Amaliy tadqiqot loyihasini bajarish davri boʻyicha loyiha qiymati quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim:
bajarilishi bir yil boʻlgan amaliy tadqiqot loyihasi – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 000 barobarigacha;
bajarilishi ikki yil boʻlgan amaliy tadqiqot loyihasi – BHMning 2 000 barobarigacha;
9. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (247, 219, 211, 413, 425, 246)
