Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovi
07:35 05.06.2026

Muddat: 04.07.2026
ilmiy g‘oyalarTanlovning asosiy maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi innovatsion, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Mazkur tanlov VazirlarMahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Bo‘lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
2026-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:
“Ilmiy g‘oya” - ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri bo‘lib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
-Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosibo‘lishi kerak;
-Tanlov ishtirokchilari yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;
-Ilmiy g‘oya muallifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilishi lozim;
-1 nafar ishtirokchi 1 ta loyihabilan ishtirok etishilozim.
Tanlovga topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar:
-Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha bo‘lishi lozim;
-Ilmiy g‘oya jamiyatva iqtisodiyotdagi ma’lumbir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi lozim;
-Ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan bo‘lishi lozim;
-Ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
-Ilmiy g‘oyani amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi lozim;
-Tanlovda g‘olib deb topilgan ilmiy g‘oyalar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida ilmiy g‘oya muallifi va ijrochilariga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas;
-Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;
-Tanlovda g‘olib deb topilgan ilmiy g‘oyalar uchun ajratilgan mablag‘lar asosida maket va (yoki) prototip yaratish hamda uning bir birlik namunasini
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zali (show-room)da joylashtirish lozim;
-Taqdim etilgan ilmiy g‘oyalar tanlov talablariga qatiy rioya qilingan, ilmiy g‘oya materiallari ishonchli va haqqoniy, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan, belgilangan talablar asosida shakllantirilgan bo‘lishi lozim;
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalaryuborish:
Tanlov doirasida arizalar2026-yilning 5-iyun kunidan2026-yilning 4-iyul kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, elektron holda “startup.ilmiy.uz” platformasida topshirilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar “Bo‘lajak olim” tanlovi talablariga mos ravishda to‘liq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligini, ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga Ariza mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
