Yosh olimlarning respublika hududida ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi eʼloni matni
09:30 04.06.2026

Muddat: 04.07.2026
Amaliy“Akademik harakatchanlik” dasturida doirasidagi tanlovda yosh olimlar barcha fan yoʻnalishlari boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.
Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qaroriga ilova “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish
va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.
Akademik harakatchanlik dasturi – yosh olimlarning oʻz ish joyidan ajralmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetakchi ilmiy markazlarda oʻtkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, ilmiy-tadqiqot ishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni, shuningdek, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur.
Yaʼni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar uchun vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufidagi ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida oʻzlarining loyihalarini amalga oshirishlari uchun tanlov asosida foydalanishlariga imkon beruvchi dastur.
“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi boʻyicha arizalar 2026-yil
4-iyundan 4-iyulga qadar qabul qilinadi.
- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining
200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi lozim.
4-iyul soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun oʻzi faoliyat yuritayotgan ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasining yoʻllanma xati bilan loyihani “Akademik harakatchanlik” dasturini muvofiqlashtiruvchi elektron tizimi orqali Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etadi.
ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi va dolzarbligi (500 ta soʻzdan oshmagan holda);
ilmiy-tadqiqot ishining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalar (500 tasoʻzdan oshmagan holda);
nashr etgan ilmiy ishlari roʻyxati (mavjud boʻlsa)(soʻnggi 5 yilda);
qabul qiluvchi tashkilot tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi nomiga taqdim etilgan rozilik xati;
ilmiy laboratoriya yoki tajriba-konstruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borishning zarurati, muddati va zarur uskuna, material va reaktivlar.
Arizalar topshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha: (71) 203-32-23 (219).
