Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang
17:25 19.05.2026

Muddat: 30.06.2026
Stajirovka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom (Nizom) talablariga muvofiq va Ozarbayjonning Baku Oliy Neft Maktabi (Baku Higher Oil School) bilan tuzilgan kelishuvga asosan tashkil etiladi.
Tashkilot: Baku Oliy Neft Maktabi, Ozarbayjon.
- 1-dastur yo‘nalishi: Kimyoviy texnologiya va muhandislik, neft va gaz texnologiyasi, neft kimyosi.
- 2-dastur yo‘nalishi: Neft va gaz konlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish, neft muhandisligi, burg‘ulash va qazib olish.
- Dastur tili: ingliz tili.
- Dastur muddati: 1 oy.
- Ishtirokchilar soni: 20 nafar.
Tanlov g‘oliblari 1-ilovada keltirilgan stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 2026-yil davomida stajirovkaga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar (Buyurtmachi) tomonidan stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar 2-ilovaga muvofiq Nizom talablari asosida 2026-yilning 19-may sanasidan 2026-yilning 30-iyun (shu kuni ham 23:59gacha) sanasiga qadar internship.ilmiy.uz xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.
Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot
Ilovalar:
1. Stajirovka dasturi
