“Science4State – 2026” amaliy tadqiqotlar tanlovi
18:25 08.01.2026

Muddat: 09.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida olib borilishi belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan, shuningdek, amaliy loyihalar tanlovining 113-121-turlari boʻyicha qayta eʼlon qilish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
1. Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari
2. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
3. Filologiya va ijtimoiy fanlari
4. Pedagogika va psixologiya fanlari
5. Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
6. Texnika fanlari
7. Tibbiyot fanlari
8. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʼz loyihasi tadqiqot yoʼnalishidan kelib chiqib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʼnalishini tanlashi va shu yoʼnalish boʼyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 9-yanvardan 2026-yil 9-fevral soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
1. Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʼtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin.
2. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
3. Amaliy tadqiqot loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim.
4. Tanlovga bajarish muddati 3 yilgacha boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
6. Eʼlon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati mavjud boʻlganida qabul qilinadi.
7. Ilmiy loyiha maʼlumotlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali davlat tilida (lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida) kiritiladi va ijrochi tashkilotning masʼul rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
a) yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
b) dasturiy mahsulotning loyiha yakunlangandan soʻng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda maʼlumotlarni yangilab borish;
c) loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritish.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari faqat ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi (ScienceID) identifikatsiyasiga ega foydalanuvchilar tomonidan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi. “ScienceID” dan roʻyxatdan oʻtish id.ilmiy.uz tizimi orqali amalga oshiriladi. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan, ijrochi tashkilot rahbarining masʼul oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanmagan loyiha talabnomalari tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimlari: +99871 203-32-23 (211, 219, 413, 425, 246).
“Science4State – 2026” tanlovi mavzulari ROʻYXATI
1. “Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
2. “Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha:
2.1. Obyektni autentifikatsiya qilish protokollarini yaratish (qayta eʼlon)
3. “Filologiya va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha:
3.2. Imom Dorimiyning “Sulosiyoti fil hadis” asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va mobil ilovasini ishlab chiqish (qayta eʼlon)
4. “Pedagogika va psixologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
4.2. Kriptotahlil fani bоʼyicha elektron оʼquv qо‘llanma yaratish (qayta eʼlon)
5. “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
6. “Texnika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
7. “Tibbiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
8. “ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
