Qozon Federal universitetida stajirovka o'tang
12:45 01.12.2025

Muddat: 15.01.2026
Innovatsion rivojlanish agentligi (Agentlik) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning
2025-2027-yillar uchun budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari” tegishli bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining joriy yil 28-apreldagi 3/7-137-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga (stajirovka) yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qiladi.
Maqsadli tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom (Nizom) talablariga va Tatariston Respublikasining Qozon Federal universiteti bilan tuzilgan kelishuv bitimiga asosan tashkil etiladi.
Bunda, stajirovka o‘tash uchun yo‘nalishlar taqsimotida keltirilgan miqdorlarda yosh olim saralab olinadiva tanlov g‘oliblari e’lon matniga 1-ilovada keltirilgan stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun Tatariston Respublikasining Qozon Federal universitetiga 2026-yil davomida 1 oylik stajirovkaga yuboriladi.
Shunga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar (buyurtmachilar) tomonidan stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi (ehtiyoji mavjud) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar e’lon matniga 2-ilovaga muvofiq Nizom talablari asosida 2025-yilning 1-dekabr sanasidan 2026-yilning 15-yanvar (mazkur sanada ham qabul qilinadi) sanasiga qadar faqatgina “internship.ilmiy.uz” xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladilar.
Ma’lumot uchun.
Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
Nomzodlarni tavsiya etish jarayonining holisligini va taqdim etilayotgan ma’lumot (hujjat)larning to‘liqligi, haqqoniyligi shu bilan birga, tavsiya etilgan nomzodlarni saralash tanlovlarda ishtirokini ta’minlash buyurtmachi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Agentlik mas’ul xodimlari:
Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Shamuratov Baxtiyar Aytbaevich, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 245), elektron manzil: b.shamuratov@ilmiy.uz;
Axborot tizimiga texnik tomondan qo‘llab qo‘vatlash uchun mas’ul AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Tojiyev Sardor Azimqul o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 647), elektron manzil: s.tojiyev@ilmiy.uz.
