AKTda ta'lim
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi
Respublika miqyosida “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasining birinchi bosqichi doirasida taʼlim olganlar soni 2 million nafardan oshdi. Shu jumladan, 1 million nafardan ortiq tinglovchilar sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilarning 90 foizi umumtaʼlim maktab o‘quvchilari bo‘lib, taʼlim oluvchilar orasida ayol-qizlarning ulushi 47 foizni tashkil etdi.
“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi doirasida “Coursera” onlayn platformasida yoshlarni xalqaro sertifikatlarga o‘qitish amalga oshirildi. 2023–2024-yillarda Respublika bo‘ylab uzbekcoders.uz platformasidan 960 000 nafardan ziyod foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 420 000 nafari bepul kurslarda, 2 900 nafari esa professional kurslarda o‘qib, xalqaro IT sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston “Coursera”ning Global Skills 2024 hisoboti bo‘yicha yoshlarning taʼlim olishiga investitsiya kiritayotgan davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu ishlarni davom ettirish maqsadida 2025–2026-yillarda milliondan ortiq yoshlarga bepul onlayn taʼlim olish imkoniyatini yaratish uchun Coursera vakillari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Xorazm viloyatidagi 13 ta IT park binosi va 31 ta umumtaʼlim maktabida “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida umumtaʼlim maktablarining 15 000 nafar yoshlari orasidan 4 000 dan ortiq 7–11-sinf o‘quvchilari saralab olindi. Ularga 137 nafar mentor raqamli texnologiyalar va ingliz tilidan bepul taʼlim berdi.
2024-yil 1-martidan nodavlat IT taʼlim markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “IT-talents” loyihasi ishga tushirildi. Loyiha doirasida IT taʼlim markazlariga uning bitiruvchilari IT eksportyor korxonalarga ishga joylashgan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining 105 baravarigacha subsidiya ajratishga yo‘naltirilgan CRM tizimi joriy etildi. ICTWeek 2024 tadbirida Xorazm viloyatidagi o‘quv markaz yuqori malakali 6 nafar mutaxassis tayyorlab bergani uchun 150 mln so‘mdan ortiq ilk subsidiya ajratildi.
2022-yilda respublikamizda 79 ta IT taʼlim markazi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilga kelib ularning soni 497 taga yetdi, yaʼni qariyb 6 barobar o‘sdi. CRM tizimi maʼlumotlariga ko‘ra, ayni paytda IT taʼlim markazlarining 32 mingdan ortiq bitiruvchilaridan 12 mingdan ortig‘ining bandligi taʼminlandi. Ulardan 640 nafari IT eksportyor kompaniyalarga ishga joylashtirildi. Shuningdek, respublikada ilk bor IT taʼlim markazlarining onlayn yangilanib boriluvchi reyting tizimi joriy etildi. ICTWeek 2024 haftaligi doirasida respublikadagi eng yaxshi IT o‘quv markazlari taqdirlandi.
2024-yil 1-martdan xalqaro darajadagi IT va ingliz tilidan B2 darajasi sertifikati uchun xarajatlarni to‘liq qaytarib olish mexanizmi ishga tushirildi. 2022–2024-yillar davomida jami 2 400 nafar yoshlarga kompensatsiya berilgan bo‘lib, shundan 1 100 nafari joriy yil hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu avvalgi yillarga nisbatan 42 foizga o‘sdi. IT sertifikatlarga sarflangan xarajatlar uchun kompensatsiya qilingan mablag‘lar 2022-yilga nisbatan 10 baravar oshib, 4,0 mlrd so‘mga yaqinlashdi. Shuningdek, ingliz tilidan B2 daraja sertifikatiga ega bo‘lgan 98 nafar yoshlarning IT sertifikatlari uchun xarajatlari 100 foiz qoplandi.
IT olimpiadalar: 2023-yilda 4 ta medal qoʻlga kiritilgan boʻlsa, 2024-yilda 5 ta medal qoʻlga kiritildi, quvonarlisi shuki joriy yil birinchi marotaba Yevropa qizlar informatika olimpiadasida Zarnigor Rakhimova bronza medalini qoʻlga kiritdi va unga imtiyozli oʻqish imkoni berildi.
Job&Edu fest: Yil davomida 11 ta hududlarda va 4 marotaba Toshkent shahrida Job&Edu fest festivali oʻtkazildi. IT kompaniyalar va yoshlarni uchrashtirishga qaratilgan ushbu loyiha doirasida 600 dan oshiq yoshlar amaliyotga qabul qilindi.
1 000 dan ortiq rezyumelar kompaniyalarga topshirildi. Qolaversa markaz tomonidan yil davomida 76 ta tadbir oʻtkazilgan boʻlib unda 67 632 kishi qamrab olindi.
Bir mahalla 7 dasturchi loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi hamda mahalliy hokimiyatlar bilan 67 946 nafar Ingliz tilidan C1 darajada til bilish sertifikatini qo'lga kiritgan yoshlar hamda Nemis va boshqa tillarda 11 830 nafar til bilish sertifikatiga ega yoshlarning keyinchalik ularni hududlarda ochilayotgan
IT kompaniyalarga ishga joylashtirish uchun ma'lumotlari shakllantirildi.
Sirdaryo viloyatida yiliga 1500 nafardan ortiq yoshlarni IT va xorijiy tillarga bepul o‘qituvchi IT shaharcha faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
UzGeeks IT hamjamiyati bilan hamkorlikda 10 ta meetup tashkil qilindi. Toshkentda o‘tkazilgan tadbirlarga 2 000 dan ortiq yoshlar tashrif buyurdi, umumiy qamrov 4 000 nafardan oshdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Universitet)da, shu jumladan uning filiallarida hozirgi kunda jami 27 000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Universitetda 18 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 30 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, filiallarda 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
2022 yilda Universitet Respublika oliy ta’lim muassasalari milliy reytingida 13-o‘rin, doktorlik dissettatsiyasini himoya qilish hamda ilmiy unvonlar olish ko‘rsatkichi bo‘yicha 4-o‘rin egallagan.
Shuningdek, Times Higher Education tashkilotining Impact Ranking tanlovi mezonlari bo‘yicha 1 000 talikdan o‘rin oldi.
Scimago Institutions Rankingsda dunyo bo‘yicha OTMlar o‘rtasida Kompyuter ilmlari mezoniga ko‘ra 660 o‘rinni va O’zbekiston bo‘yicha 1 o‘rinda;
EduRank tashkilotining reytingida axborot texnologiyalari yo‘nalishida 1000 talikda;
Greenmetric reytingida 638 o‘rinni egalladi.
2021/2022 o‘quv yilida Universitetda 1 000 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda, shundan 55 nafari fan doktori (DSc) hamda 348 nafari falsafa doktori (PhD).
Universitet va uning hududiy filiallarida oxirgi 2 yilda 7 438 nafar (2021 yilda – 3 528 nafar, 2022 yilda 3 910 nafar, o‘sish ko‘rsatkichi 1,1 barobar) bitiruvchi tugallagan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 6 592 nafari (88,6 foizi) ish bilan ta’minlangan.
Bitiruvchi talabalarning 27 foizi ijtimoiy sohadagi, 6 foizi sanoat va ishlab chiqarish, 7 foizi bank-moliya sohadagi, 25 foizi transport va aloqa hamda 35 foizi boshqa sohalardagi tashkilot va korxonalarda faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, bitiruvchilar AQShning Google, Amazon, EPAM, Niderlandiyaning Booking.com kompaniyasi va boshqa kompaniyalarda ishlab kelishmoqda.
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 35 davlatning 72 ta universiteti, 5 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 14 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 91 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlariga ega.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017-2022 yillar mobaynida 230 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy davlatlarda malaka oshirdi, xususan, Janubiy Koreyada – 61 nafar, Rossiya Federatsiyasida – 39 nafar, Germaniyada – 19 nafar, Belorussiyada – 52 nafar, Xitoyda – 9 nafar, Avstriyada – 12 nafar va boshqa davlatlarda – 38 nafarni tashkil etadi.
Universitetda 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan 13 ta xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda, jalb etilgan jami grant mablag‘lar miqdori 8.4 mln AQSh Dollarini tashkil qiladi.
Xususan, TATU 2019 yilda Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida qiymati 998 ming yevrolik “Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari” yo‘nalishi bo‘yicha yangi loyihani ilk marta grantxolder sifatida amalga oshirishni boshladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida umumiy qiymati 1,82 mln. yevroga teng bo‘lgan 9 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan hamkorlikda 1,6 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya jalb etgan holda 2019 yilda “O’quv media markazi” tashkil etildi.
Shuningdek, Koreyaning “KOICA” tashkiloti ko‘magida universitet va uning Samarqand filialida jami 3 mln. AQSh doll. miqdorida “Integrallashgan axborot tizimini yaratish” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.
2021 yilda Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda TATU Farg‘ona filialida 1 mln. AQSh doll. miqdorida “Axborot almashinuv markazi”ochildi.
2022-2027 yillarga mo‘ljallangan Koreyaning KOICA tashkiloti ko‘magida jami 5 mln. AQSh doll. miqdorida “Global AyTi biznes ta’lim dasturi hamda FabLab tashkil etish” investitsion loyihasiga start berildi.
2022 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va AQShning AMC Bridge kompaniyasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash va stajirovkalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
2021-2022 o‘quv yilida jami 47 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb qilingan.
2022-2023 o‘quv yili 1 noyabr xolatiga xorijiy talabalar soni 64 tani tashkil etadi.
2022 yilda xalqaro reytingning TOP 500-taligiga kiruvchi Avstriya davlatining Klagenfurt universiteti bilan Kelishuv asosida 2022/2023 o‘quv yilining bahorgi semestriga 6 nafar magistratura talabalari “Axborot va kommunikatsiya injiniringi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olishga yuboriladi va muvaffaqiyatli bitiruvchilar ikki tomon diplomiga ega bo‘lishadi.
Universitetning 2023 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari:
1. Universitetni tayanch ilm-fan va ta’lim klasteriga aylantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish;
2. Universitet Andijon filialini tashkil etish;
3. Sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qurilish-montaj ishlarini yakuniga yetkazish;
4. Universitet va uning hududiy filiallari ilmiy salohiyatini oshirish;
5. «Scopus», «ScienceDirect», «Web of Science» va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar ulushini oshirish.
Toshkent shahridagi Inxa universiteti
Hozirgi kunda Toshkent shahridagi Inxa universitetida 1 720 nafar talaba tahsil olmoqda.
Universitetda 2 ta (Kompyuter va dasturiy injiniring, Logistika va biznes boshqaruvi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 1 ta (Raqamli transformatsiya) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Joriy yilda tasdiqlangan kvota bo‘yicha 420 nafar talaba qabul qilindi. Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra bu yil 30 nafar eng yaxshi talaba grant asosida qabul qilindi.
Bugungi kunda Inxa Universitetida jami 35 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ularning 17 nafari Koreyadan va boshqa xorijiy mamlakatlardan taklif qilingan bo‘lib, jami 12 ta fan doktori (DSc) va 12 ta fan nomzodi (PhD) hamda 11 ta ilmiy darajasiz professor o‘qituvchilardir.
Joriy yilning boshidan hozirgi kunga qadar universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda (Scopus, Web of Science) 22 ta ilmiy maqolalar chop etildi. 2021 yilda Universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari tomonidan 38 ta maqolalar Scopus ilmiy bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan.
Joriy yilning may oyida universitet bazasida BPO markaz tashkil qilindi. 2022 yil may oyidan boshlab universitet qoshida BPO koreya markazi faoliyatini boshladi va unda 20 dan ortiq bitiruvchilar loyihalarga jalb qilindi.
Shu bilan birga 2023 yilda:
1. Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan koreyalik hamkorlar bilan birgalikda 2023/2024 o‘quv yili davomida sun’iy intelekt, kiberxavfsizlik, geoaxborot tizimlari, telemeditsina yo‘nalishlari bo‘yicha gibrid ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish;
2. Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlarni ITga o‘qitish va ularning mahsulotlarini chet elga eksport qilishni yo‘lga qo‘iysh maqsadida yangi Kreativ markazni tashkil etish;
3. Toshkent shahridagi Inxa universitetida Koreya Respublkasi va Markaziy osiyo davlatlari yoshlarini IT sohasida xamkorlikka chaqirish va shunga muxit yaratib berish maqsadida “Koreya Respublikasi–Markaziy Osiyo” xalqaro yoshlar IT forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida Amiti universiteti
Toshkent shahrida Amiti universiteti 2019/2020 o‘quv yilida o‘z faoliyatini boshlagan va xorijiy mamlakatlardan 24 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, bugungi kunda 881 nafar talaba tahsil olmoqda.
Universitetda 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 1 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Toshkent shahridagi Amiti universitetida 2021/2022 o‘quv yilida Axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishini 98 ta, Iqtisodiyotni 23 ta, Biznes boshqaruvini 10 ta, Turizm boshqaruvini 9 ta, jami 140 nafar talaba tamomladi.
Epam Uzbekistan va Toshkent shahridagi Amiti universiteti hamkorlik memorandumiga muvofiq, 2022 yilning yanvar oyida Epam laboratoriyasi tashkil etildi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi Amiti universitetiga davlat buyurtmasi asosida 2022/2023 o‘quv yilida 10 nafar talaba davlat grantiga qabul qilindi.
Toshkent shahridagi Amiti universitetining bitiruvchi talabalari uchun Universitetning karera markazida 90 ta kompaniya tomonidan 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan. 55 foizi bitiruvchi talabalar o‘kuv davrining o‘zidayoq doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan, 16 foizi bitiruvchi talabalar magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishga xohish bildirgan, 15 foizi bitiruvchi talabalar turli soha tashkilotlarida amaliyot o‘tab kelmoqda.
Shu bilan birga 2023 yilda:
1. 2023-2024 yillarda Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari uchun qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish maqsadida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70-uy manzilida joylashgan 2 ta 3 qavatli 600 o‘rinli o‘quv binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirish;
2. Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2023-2024 o‘quv yili uchun yana qo‘shimcha 300 nafar talabani qabul qilish rejalashtirilgan.
3. 2023 yilda Buxoro viloyatida 2023/2024 o‘quv yilidan faoliyat yuritadigan Hindiston Respublikasining Acharya instituti filialini tashkil etish va bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
“IT-Park University” raqamli universiteti
Vazirlar Mahkamasining ““IT-Park University” raqamli universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 1 iyundagi 297-son qarori bilan “IT-Park University” raqamli universiteti tashkil etilgan bo‘lib, 2022/2023 o‘quv yilidan faoliyatini boshlagan.
“IT-Park University” raqamli universiteti “Epam Systems” xorijiy korxonasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlaydi.
IT-Park University” raqamli universiteti bitiruvchilariga respublikada oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan o‘z namunasidagi diplom beriladi.
Hozira “IT-Park University” raqamli universitetida 350 ga yaqin talabalar tahsil olishmoqda va kelgusida har yili 1 000 ta talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.