Qorakoʻl: “Zarafshon” va boshqa hudud yoʻllari asfaltlashtirilmoqda
2025-10-08 16:30:00 / Yangiliklar

Shundan soʻng, mahallaning taʼmirtalab, oʻnqir-choʻnqir holdagi, keyingi yillarda aholining arz-dodiga “nishon” boʻlib kelgan yoʻlning 1 kilometr qismini asfaltlashtirishga kirishildi.
Xuddi shunday, tumandan oʻtgan “D-186” va "M-37 avtomobil yoʻlining 326- kilometridan boshlangan “Qorakoʻl q. – Bandboshi q. – Qandim gaz koni" davlat ahamiyatidagi yoʻl yirik sanoat kompleksi hisoblangan Qandim gaz burgʻulash korxonasi joylashgan choʻl massivi tomon olib boruvchi serqatnov yoʻllardan hisoblanadi.
Oʻtgan asr oltmishinchi, yetmishinchi yillarida qurilgan ushbu yoʻl taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Bundan aksariyat haydovchilar chang-loy kechish xavfsiz harakatlanishga xalaqit qilayotgani, yoʻldagi chuqurlik, notekisliklardan qochib qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketish holatlarining koʻpligi, bu esa avtotransport vositalari texnik sozligiga zarar yetkazayotganidan shikoyat qilishardi.
Nihoyat, soʻnggi bir oyda Qorakoʻl tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mazkur yoʻlning 4 kilometr qismi taʼmirdan chiqarilib, asfaltlashtirilgani bu yoʻldan qatnovchilar uchun koʻpdan kutilgan yangilik boʻldi.
Ikki manzilda ham yoʻl qurilishida dastlab zarur uchastkalar shagʻallashtirilib, maxsus texnikalar yordamida yoʻl asosi tekislandi. Shundan soʻng, asfalt qoplamasi yotqizilishidan oldin zarur kimyoviy modda, aralashmalar bilan yoʻl poydevori mustahkamlandi.
Umuman, ayni kunda qorakoʻlliklar mahalla va qishloqlarida bu kabi zarur infratuzilma inshootlari taʼmiri borayotgani obodonlashtirish ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilgani dalolatidir. Asfalt bostirilayotgan ravon yoʻl harakatlanish xavfsizligi va qulayligi uchun zarur omil boʻlishi barobarida hududning koʻrkiga ham koʻrk qoʻshmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









