Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda
2025-09-30 22:50:00 / Yangiliklar

Mazkur Farmonda hujjatlarning ishlab chiqilishidan tortib, manfaatdor shaxslarga yetkazish va tushuntirish, jamoatchilik nazoratini tashkillashtirishgacha, eng asosiysi, ijro intizomi bo‘yicha mansabdor shaxslarning mas’uliyatini va javobgarligini kuchaytirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlar belgilab berilgan.
Bugungi kunda adliya organlari tomonidan davlat rahbarining barcha topshiriqlari “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat qilib borilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasini hamda zamonaviy gaz-kimyo texnologik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-avgustdagi PQ-5221-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi monitoring qilindi.
Monitoring davomida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida “Enter Steel Karakul” MChJ tomonidan qiymati 25,0 mln dollari bo‘lgan loyiha to‘liq xorijiy investitsiya hisobidan amalga oshirilganligi, korxonaga Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilib, yiliga 50 ming tonna metall konstruksiyalar ishlab chiqarishi tashkil etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Sifatli metall konstruksiya mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hududi 14 gektardan oshiq maydonni egallagan bo‘lib, loyiha umumiy qiymati 25 million AQSh dollarini tashkil etmoqda. Bunda “Vortmann”, “Kotec Sistem”, “Twin-X”, “Diamond-1300”, “Nev Run-13” rusumli zamonaviy uskuna va dastgohlar Koreya, Xitoy, Niderlandiya kabi davlatlardan keltirib o‘rnatilgan. Hozirda dastlabki bosqichda ishlab chiqarish inshootida 150 nafar ishchi-mutaxassis bandligi ta’minlanmoqda. Barqaror faoliyatni yuritish maqsadida xom ashyo ta’minotiga e’tibor qaratilib, bu borada Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
“Enter Steel Karakul” MChJ ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming tonna metall konstruksiyani tashkil etayotgan zavodi istiqbolida ishchi o‘rnini 500 nafarga yetkazish va mahsulot sotuvidan mahalliy budjetga 7,2 milliard so‘m miqdorda tushum kirim qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha topshiriqlari bo‘yicha mas’ul ijrochilarga Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy-uslubiy ko‘mak berilib topshiriqlarning bajarilishi nazorat qilib borilmoqda.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi







