Mustaqillik inshootlari: "Osiyo" mahallasida 44-sonli maktab oʻquv binosi foydalanishga topshirildi
2025-09-04 20:10:00 / Yangiliklar

Nega deganda, mazkur umumtaʼlim maktabi shu kunga qadar taʼmirtalab ahvoldagi, moslashtirilgan binoda faoliyat koʻrsatib kelayotgandi. Yangi loyihaga binoan, 300 oʻrinli mazkur zamonaviy binoning bunyodkorlik ishlari masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Rusaymer” binokorlari tomonidan olib borilib, buning uchun mahalliy byudjetdan 3 milliard 700 million soʻm mablagʻ sarflangan.
Yangi oʻquv binosinining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda tuman hokimi Xurshid Toxirov, tegishli masʼullar, nuroniylar, maktab jamoasi, faxriylar va ota-onalar hozir boʻldilar.
Unda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantirish, yosh avlodni munosib sharoitlarda oʻqitish, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallash imkoniyatlarini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida toʻxtalib, yangi oʻquv binosi bilan maktab jamoasi, oʻquvchilar va ota-onalarni muborakbod etdilar.
Marosimda zamonaviy andozadagi, mazkur uch qavatli oʻquv binosi qurilishida jonbozlik koʻrsatgan quruvchilarga minnatdorlik bildirildi. Shundan soʻng mehmonlar anʼanaga koʻra alvon lentalarni qirqib, yangi qurib bitkazilgan oʻquv binosida sinf xonalari, oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









