Qorakoʻl: Oʻtkir Murodboyev oʻz sartaroshxonasiga ega boʻldi
2025-07-16 14:40:00 / Yangiliklar

Shu bois, ayni paytda joylarda goʻzallik saloni, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, vulkanizatsiya xizmati, sartaroshxona, koʻhnadoʻzxona kabi shaxobchalar soni ortib, tuman iqtisodiyotida ham bu tarmoq ulushiga ega boʻlmoqda.
Tashabbus mahallasida yashovchi Oʻtkir Murodboyev sartaroshlik faoliyatini boshlaganiga oʻn yildan oshibdi. Keyingi paytda u ishini rivojlantirmoqda. Tuman hokimining mahalladagi yordamchisi tavsiyasi bilan 18 million soʻm imtiyozli bank kreditini rasmiylashtirib olgan hunarmand yigit bu sarmoyaga konteyner sartarashxona ochib, zarur asbob-uskunalar bilan jihozladi.
—Bu kunga yetib kelguncha 5 yil ustaga shogird tushib, sartaroshlik sirlarini puxta oʻzlashtirganman. Keyinchalik turli joylarda ijara asosida ishladim, ammo doim oʻzimni sartaroshxonam boʻlishini orzu qilganman,—deydi “qoʻli yengil” sartarosh Oʻtkir Murodboyev.—Mana, niyatimiz xolis boʻlgan ekan, oʻz joyimga ega boʻlib, maqsadga erishdim. Bunda menga va oilamga yaqindan yordam bergan mahallamiz masʼullaridan minnatdorman. Mahallamiz “yettiligi” astoyidil yordam berishdi. Biz yoshlarga yaratib berilgan shunday imkoniyat, ishonch va masʼuliyatni albatta, oʻz mehnatimiz bilan oqlaymiz.
Kasb mahoratiga kelsak, hozirda oʻz mijozlariga ega sartarosh Oʻtkir Murodboyev viloyat va hatto, respublika miqyosida oʻtkazilgan tanlovlarda bir necha bor ishtirok etib, diplom va sertifikatlarni qoʻlga kiritgan. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida erkaklar sartaroshligi yoʻnalishida oʻtkazilgan tanlovda gʻolib boʻlib, grantni qoʻlga kiritgan. Hozirda Oʻtkir mahallasidagi 3 nafar qiziquvchan oʻsmirga “ustoz-shogird” anʼanasi asosida sartaroshlikni oʻrgatmoqda. Tashabbusda xizmat koʻrsatish va servis tarmogʻi ommalashib, mahalla “drayveri”iga aylanayotgani ham quvonarli, albatta.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








