Peshkulik fermerlarni qanday muammolar qiynamoqda? Botir Zaripov bilan muloqotda shular haqida soʻz bordi
2025-07-02 16:00:00 / Yangiliklar

Botir Zaripov bu borada masʼul rahbarlarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Bundan tashqari, viloyat rahbari gʻoʻza parvarishini kechiktirmaslik, gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin ekish, quyosh panellari oʻrnatish hamda suv tejovchi texnologiyalardan keng foydalanish boʻyicha ham tavsiyalarini bildirdi.
Peshku tumanida joriy yilda 307 ta fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi 8 ming gektardan ziyod maydonda parvarishlanayotgan gʻoʻzadan qariyb 332 ming tonna paxta hosili olish rejalashtirilgan. Ayni paytda fermer xoʻjaliklarida gʻoʻza parvarishidagi agrotexnik tadbirlar, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash va oʻgʻitlash ishlari qizgʻin pallaga kirgan.
Uchrashuvda bu borada fermer xoʻjaliklarida ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etishga katta eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.
Taʼkidlash joizki, gʻoʻzaning oʻsuv davrida unga preparatlar asosida ishlov berish va turli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ham oʻta muhim vazifalardan sanaladi. Shu bois paxta maydonlaridagi bugungi mavjud holat eʼtiborga olinib, dalalarni kultivatsiyadan chiqarish bilan bir qatorda gʻoʻza nihollari, shona, gul va barglarini hamda koʻsaklarini shikastlaydigan trips, oʻrgimchakkana, qandala va koʻsak qurtiga qarshi OVX-600 purkagichlari yordamida ishlov berish tadbirlarini ham sifatli oʻtkazish lozimligi qayd etildi.
Qolaversa, eksport salohiyatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining arzon va sifatli mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Albatta, oʻtayotgan har bir kun dehqonlarimiz uchun gʻanimat. Shunday ekan, har bir daqiqadan unumli foydalanib, bor kuch va imkoniyatlarni toʻliqligicha ishga solish, agrotexnik tadbirlarni oʻz muddatida yakunlash zarur. Zero, bugungi harakat kelgusida hosil taqdirini belgilaydi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









