Respublika ishchi guruhi Qorakoʻlda sayyor qabul oʻtkazdi
2025-05-29 21:10:00 / Yangiliklar

Xususan, joylarda adolat istayotgan, sud-huquq va boshqa masalalarda turli idoralarga arz qilayotganlar koʻp.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Sudyalar Oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar masʼul rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan 26-30-may kunlari viloyatning shahar va tumanlar aholisi uchun ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilishi belgilangan edi.
Shu asosda bugun Qorakoʻl tumanidagi “Acharya” universiteti binosida Qorakoʻl, Olot va Jondor tumanlari aholisining sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy hamda qurilish va kommunal sohalar boʻyicha murojaatlari qabul qilindi.
Prezidentimiz tomonidan odamlarning murojaatlariga quloq tutish har bir mutasaddi rahbarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida qoʻyilayotganida chuqur maʼno va xalqning turmushini yaxshilashga qaratilgan ezgu maqsad mujassam ekanligi ommaviy sayyor qabullar davomida oʻz ifodasini topdi. Nafaqat, sud-huquq, balki boshqa masalalardagi murojaatlar eʼtiborsiz qoldirilmasdan unga yechim topildi. Buni aholining Prezidentimizga bildirayotgan tashakkurnomalaridan ham yaqqol bilish mumkin.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Qoʻshimcha oʻrganishni talab etuvchi murojaatlar boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.









