“Farovon oila sari” oyligida viloyatimiz shahar va tumanlaridan 13 ta ibratli oila eʼtirof qilindi
2025-05-15 19:40:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda ham mazkur sana alohida ahamiyatga ega. Zero, yurtimizda oila institutini mustahkamlash, xayrli va ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchi oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan namunali oilalar tajribasini ommalashtirish, ularni “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash anʼanaga aylangan. Bu borada joriy yilda ham viloyatlar va shahar-tumanlar boʻylab oʻnlab, balki, yuzlab oila eʼtirof etilib, yuqori eʼtirofga munosib topildi.
Ayni kunda "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan yurtimizda shu yilning 10-may-10-iyun kunlari oraligʻida—“Farovon oila sari” oyligi eʼlon qilingan. Oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan namunali oilalarni yuzaga chiqarish xalqimizga xosm bagʻrikenglik va insoniylik ifodasidir.
Respublika komissiyasi tomonidan joriy yilgi oylikda Buxoro viloyati boʻyicha 137 ta xonadon ahli “Ibratli oila” koʻkrak nishoniga munosib deb topilgan. Shu munosabat bilan viloyat markazidagi “Wyndham Bukhara” mehmonxonasida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” shiori ostida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirda viloyatimiz shahar va tumanlaridagi mahalla va qishloqlar boʻylab saralangan jam 13 ta oilaga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni, guvohnomasi, pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Boshqalarga ibrat-namuna oʻlaroq, mazkur xonadonlar kirish eshigi yoki darvozasida ham muayyan yozuvli lavhachalar oʻrnatiladi.
Ushbu marosimda soʻzga chiqqan viloyat hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmasi boshligʻi Hafiza Artikova oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilada voyaga yetayotgan farzandlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, jamiyatda sogʻlom muhit barqarorligi va rivoji uchun munosib hissa qoʻshayotgan, har jabhada ibrat koʻrsatayotgan oilalarni samimiy tabriklab, minnatdorligini bildirdi.
Tantanada shuningdek, Oʻzbekiston respublikasi Madaniyat vazirining oʻrinbosari Yusufjon Usmonov ishtirok etdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









