Majburiy ijro byurosi yangi binoda ish boshladi
2025-05-09 11:15:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyatida Byuro organlari xodimlarining samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy bino va inshootlar bilan taʼminlashga alohida etibor qaratilmoqda.
Yangi binoni tantanali foydalanishga topshirish marosimida soʻz olgan viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqalar shu haqida atroflicha soʻz yuritishdi. Byuro xodimlarining sohalar kesimidagi mavjud qarzdorliklarni aniqlash, ularni oʻz vaqtida undirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari, shu maqsadda aholi orasida olib borayotgan keng koʻlamli tushintirish – targʻibot tardbirlari samaralari atroflicha tahlil qilindi.
Joriy yilning yanvar oyida qurilishi boshlanib, oʻtgan qisqa davr mobaynida qad rostlagan, toʻrt qavatli, zamonaviy uslubda bunyod etilgan binoda xodimlarning unumli mehnat qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan. "Gʻijduvon Gʻovshun maxsus qurilish montaj" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlariga 11 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan.
Tadbirda bino qurilishini amalga oshirgan loyihachi va muhandis-quruvchilarga minnatdorlik bildirildi.
Yigʻilganlar inshootda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan prokuratura organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarning mehnati eʼtirof etilib, bayram dasturxoni yozildi.
Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyati boshqarmasi









