Qorakoʻl: Faxriddin Sattorov shlakoblok sexini ochib, 4 kishini ishli qilmoqda
2025-05-06 19:00:00 / Yangiliklar

Chekka tumanning Polvonlar mahallasida ham ayni kunda 536 ta xonadon, 725 ta oila boʻlib, ularda umrguzaronlik qilayotgan aholi soni 3 ming nafardan ortiq. Soʻnggi bir yilda mazkur mahalladagi ishsiz fuqarolarning 266 nafarini doimiy ishga joylashtirish, ularning 282 nafarini oʻzini oʻzi band qilishga, 144 nafarini mavsumiy ishlarga jalb qilishga yaqindan koʻmaklashilmoqda.
Shuningdek, bu toifadagi ehtiyojmand oilalardan 252 nafar fuqaroga qariyib 5 milliard soʻm miqdoridagi bank kredit sarmoyasi ajratilgan boʻlib, havaskor tadbirkor sifatida ularga ish boshlashlari, daromadli boʻlishlari uchun imkoniyat yaratilmoqda. Shu harakat ortidan bugunga kelib hududda 12 ta yuridik korxona, 16 ta yakka tartibdagi tadbirkor va 36 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.
Shundaylardan biri, Polvonlar qishlogʻida yashovchi Faxriddin Sattorov xonadonida kichik korxona tashkil qilib, qurilishbop materiallardan shlakoblok tayyorlashni yoʻlga qoʻydi. Ichki bozor, talab va taklifni oʻrgangan yosh tadbirkorning sexidan chiqayotgan mahsulotga bugun talab katta. U hozirda 5 kishini ish bilan taʼminlab, moddiy manfaat topishida koʻmaklashmoqda.
—Oʻzi odamlarimizga imkoniyat yaratib berilsa, shu kabi biznes loyihalarini oʻnlab tashkil etish, oilalar turmushini yanada farovon etish mumkin,—deydi mahalladagi hokim yordamchisi Jalol Boltayev.—Shu bois, Faxriddin Sattorov singari yosh tashabbuskorlar faoliyatini kengaytirish, koʻproq ish oʻrni yaratish harakatidamiz.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






