Botir Zaripov kogonlik yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi
2025-05-05 16:40:00 / Yangiliklar

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda har bir hududda yoshlar uchun sanoat ipotekasi asosida tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini qurib, yosh tadbirkorlarga kredit asosida berishga doir tavsiya va topshiriqlar berilgan. Bunda “Aloqabank” viloyat filiali orqali bino-inshootlarni sotib olish uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 18 foiz ustama to‘lash sharti bilan 5 milliard so‘mgacha miqdorida bank kredit mablag‘ini ajratishga qaor qilingan.
Aytish joizki, Buxoro viloyatidagi yoshlar sanoat zonalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilingan. Aniqrog‘i, Buxoro shahrida 2,9 gektar, Romitan tumanida 2, Kogon va Shofirkon tumanlarida 1 gektardan, Gʻijduvon tumanida 2,3 gektar, boshqa tumanlarda jami 9,2 gektar maydonda sanoat ipotekasi asosida tayyor bino-inshootlar qurilib, shu yilning sentyabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishi maqsad qilingan.
Shu nuqtai nazardan, bugun viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida Kogon tumani, “Tutkunda” MFYdagi yoshlar kichik sanoat zonasida tegishli mas’ullar, quruvchi hamda yosh tashabbuskorlar, tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirokida umumiy faoliyatga bag‘ishlangan mahorat sabog‘i bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada yosh tadbirkorlarning loyiha-takliflari birma-bir muhokama qilinib, takliflarni inobatga olgan holda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda auksion savdolariga chiqarish, yosh biznes vakillari talabiga muvofiq qurilish va asbob-uskuna xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Endilikda bu tajribani viloyatning barcha hududlaridagi sanoat zonalarida keng qo‘llash-choralari ko‘rilmoqda.
—Kogon tumanida yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sanoat quvvatlarini ishga tushirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator loyihalar samarali amalga oshirilmoqda,—deydi viloyat kichik sanoat zonalari va yoshlar kichik sanoat zonalari dereksiyasi rahbari Feruz Husenov.—Aynan “Tutkunda”dagi yoshlar kichik sanoat zonasi bu boradagi imkoniyatlarni yanada oshirib, ko‘proq ish o‘rni yaratish, mahsuldorlikni oshirish va ishchi jamoa moddiy manfaatdorligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Viloyat rahbari bu yerda o‘ttizdan ortiq yosh tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashib, faoliyatni izchil yo‘lga qo‘yishga doir fikrlashib, mas’ullarga zarur tavsiyalarini berdilar. Bor kuch va imkoniyat yaqin oylarda mazkur 1 gektardan iborat bo‘lgan hududni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ega, biznes vakillari bilan gavjum maskanga aylantirishga safarbar etilmoqda.
Viloyat hokimi boshchiligidagi muhokamada yosh tashabbuskorlardan Sherzod Salomovning yevrozabor devori ishlab chiqarish, Aziz Soliyevning penablok, Laziz Fayzullayevning shlakoblok, Sohiba Ramazonovaning reklama ustuni tayyorlash, Shahzod Safarovning eshik-deraza romlari yasash, Dilmurod Bekmurodovning marmar toshga ishlov berish, Farhod Rahimovning parrandachilikni rivojlantirishga doir qator biznes loyihalari ko‘rib chiqildi. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan vazxifalar belgilandi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan muloqotda shahar-tumanlar hokimlari, tegishli tijorat banklari va boshqa tashkilotlar mutasaddilariga hududlardagi yoshlar va kichik sanoat zonalarida malga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarni jalallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









