Kogon: siyozpoyonlik Azimovalar xonadoni 5 quti ipak qurti parvarishlamoqda
2025-05-03 14:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilda 193 tonnadan oshirib pilla xirmonini yaratish maqsadida temiryoʻlchilar tumanining 7 ta hududidagi 12 ta inkubatoriyada Xitoy naviga mansub 3222 quti ipak kurti urugʻi jonlantirilib, hududdagi 2296 ta oilaviy zveno hamda oʻndan ortiq fermer xoʻjaligiga tarqatilgan. Kasanachilar hisobidan ipak qurti parvarishiga qariyb 6 ming nafarga yaqin xotin-qiz, ehtiyojmand oila vakillari jalb qilingan.
Qishloq xoʻjaligida yilning dastlabki muvaffaqiyatiga erishishda ayniqsa Siyozpoyon, Xoʻja yakshaba, Yangi hayot, Niyozhoji, Kogon hududlaridagi oilaviy zvenolar peshqadamlik qilmoqdalar. Har quti ipak qurtidan moʻljaldagidan oshirib, 80 kilogramga yetkazib pilla olayotgan tajribali kasanachi va oilaviy zvenolar ham talaygina boʻlib, mehnatlariga yarasha ragʻbatlantirilmoqda.
Ayni kunda birgina “Siyozpoyon” MFY da 377 ta oilaviy zveno shakllantirilgan boʻlib, mahalliy pillakorlar tomonidan bu yilgi pilla mavsumida umumiy 41 tonnaga yetkazib “kumush tola” xirmoni bunyod etish harakatiga kirishilgan. Viloyat hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Hafiza Artikova Siyozpoyon mahallasidagi oilaviy pilla zvenolarida boʻlib, ipak qurtini boqish jarayoni, chevarlar ishini yengillashtirish, ular moddiy manfaatdorligini oshirishda qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.
Jumladan, mehnatkash oilalardan biri Lobar Azimova boshchiligidagi zarshunoslar ancha yillardan beri pilla yetishtirib kelishadi. Bu yil ular 5 quti ipak qurti olib parvarishlamoqdalar. Ayol bilan birgalikda yana 4 nafar oila aʼzosi bandligi taʼminlangan boʻlib, ular katta xirmonga 350 kilogramga yetkazib “kumush tola” topshirish maqsadida qattiq ishlamoqdalar. Bundan erishiladigan daromad salmogʻi esa qariyb 60 million soʻmni tashkil etadi.
Sara va sifatli “kumush tola” yetishtirishda oʻziga xos tajribaga ega Kogon tumanida ham joriy yil mavsumida buyurtmachi “Kumushkent ipagi” MCHJ saʼy-harakati bilan har qutidan olinayotgan hosil salmogʻi oʻrtacha 65 kilogramga yetkazilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








