Qorako‘l: chekka tumanda yana bir yosh tadbirkor ish boshladi
2025-05-01 17:40:00 / Yangiliklar

Zero, bu orqali mahallalarimizda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, aholi daromadlari oshirilmoqda. Zero, Qorako‘l tumanida ham xususiy tadbirkorlik, biznes loyihalarini amalga oshirish mahalliy iqtisodiyotga munosib ulush qo‘shish, oilalar moddiy manfaatdorligini ta’minlashning muhim shartidir.
Tuman markazida yosh tashabbuskor Murodjon Bahodirov tomonidan yangidan ochilgan “Abu Ali” erkaklar kiyimlari do‘koni ham tumanda tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tiborning bir mahsulidir. Qiymati qariyb 1 milliard so‘mga teng ushbu loyiha ishga tushirilgani natijasida dastlabki bosqichda 5 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi va yaqin oylarda ishchi jamoani 10 nafarga yetkazish maqsad qilingan.
Yangi kiyim do‘konida Turkiya hamda Birlashgan Arab Amirliklarining jaxonga mashhur brendlari tomonidan ishlab chiqarilgan erkakalar kiyimlari savdosi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, turli xildagi oyoq kiyimlari, qo‘l soatlari va parfyumeriya mahsulotlari ham tumanimiz aholisiga taqdim qilinmoqda. Muhimi, barcha maxsulotlar sifatli va hamyonbop narxlarda. Bundan tashqari, yosh tadbirkor tomonidan yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Xullas, bugun chekka tumanda tadbirkorlik qilaman, biznes vakili bo‘laman deydiganga barcha sharoitlar yaratilgan. Tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subektlarini qo‘llab quvvatlash borasida ham salmoqli ishlar tashkil qilinayapti. Ularning murojaatlarini tinglash, yechimi topilmayotgan muammolarini hal qilish maqsadida alohida “Hokim-tadbirkorga madadkor” telegram guruhi ham tashkil etilgan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmat









