Turkiyaning "Canlıoğlu Tekstil Sanayi” va “Dış Ticaret LTD Şirketi" korxonasi vakillari Buxoroda
2025-04-30 11:30:00 / Yangiliklar

Shu nuqtayi nazardan, Migratsiya agentligi Buxoro viloyat hududiy filiali tomonidan chet elda qonuniy tartibda mehnat qilishni istagan migrant nomzodlar uchun qator shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, viloyat markazida xalqaro mehnat yarmarkalari tashkil qilinib, ayni kunda Germaniya, Turkiya, Koreya va boshqa davlatlarda kafolatlangan ishlarda mehnat qilish istagida boʻlgan fuqarolar uchun qulaylik yaratilmoqda.
Migratsiya agentligi viloyat hududiy filiali bilan kelishuv doirasida kuni kecha Turkiya respublikasining "Canlıoğlu Tekstil Sanayi” va “Dış Ticaret LTD Şirketi" yengil sanoat toʻqimachilik korxonalari vakillari Buxoroda boʻldilar. Agentlikning Buxoro hududiy filialida xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolar ishtirokida tanlov oʻtkazildi. Tanlov jarayonida korxona vakillari tomonidan ish sharoitlari, oylik maoshlari, xorijda ishga joylashish tartib-qoidalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Amaliy-oʻquv mashgʻulotlarida Turkiyadagi fabrikalarda kafolatlangan sharoitda ishlash istagidagi nomzodlarning mehnat layoqati, tikuv mashinasidagi ish tajribasi tekshiruvdan oʻtkazilib, saralandi.
Shu bilan birga, ish beruvchilar hamda Migratsiya agentligining Buxoro viloyati hududiy filiali oʻrtasida muzokara oʻtkazildi. Bunda fuqarolarni turk tajribasi asosida oʻqitib, ishga yuborishning muhim jihatlari yuzasidan muzokara oʻtkazildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








