Boshqarma boshligʻi Romitanda oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan muloqot qildi, ularning muammolarini oʻrgandi
2025-04-29 18:20:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi Jamol Nosirov Romitan tumanidagi “Iftixor”va “Shoʻrcha” mahallasida oʻziga biriktirilgan davlat gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan, koʻmakka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 18 nafar yoshlar ishtirok etishdi va ular tomonidan turli muammolar koʻtarildi. Jumladan, ularning 4 nafari tikuv mashinasi, 3 nafari ish, 1 nafar yosh davolanish xarajatlarini qoplab berish, 2 nafar yosh tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kredit ajratish, 2 nafar yosh sartaroshlik va goʻzallik saloni ochish uchun jihozlar ajratishni soʻrab murojaat qili.
Tadbir davomida aniqlangan barcha muammo va kamchiliklarni hal etishning zarur chora-tadbirlari va ularni amalga oshirish muddatlari belgilab olindi.
“Iftixor” mahallasida yashovchi Gulrux Naimovaning davolanish xarajatlarini qoplab berishni soʻrab qilgan murojaati esa joyida hal etildi.
"Rahbar va yoshlar" turkumidagi uchrashuvlar turli ijtimoiy muammolarga tez va oʻz vaqtida yechim topish imkonini bermoqda.





