Kogon: “Niyoz-hoji” MFY da zamonaviy stol-stul ishlab chiqarish sexi ish boshladi
2025-01-21 21:30:00 / Yangiliklar

Ayni kunda “Suxrob sifatli stollari” MCHJ faoliyatini yoʻlga qoʻygani hududda shu turdagi mebelga boʻlgan talab oʻrnini qoplamoqda. Izlanuvchan tashabbuskor tomoni esa hozirda mazkur sexda ishlab chiqarilayotgan stol-stullar dizayni va assortimentini koʻpaytirish, sifatini oshirish ustida ishlamoqda. Kichik sexda bugun 50 turga yaqin zamonaviy stol-stul va boshqa xoʻjalik jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Muhimi, mahalliy tadbirkor yigit birgina biznes loyihasini rivojlantirish ortidan 10 nafardan ortiq yoshni doimiy ish va moddiy manfaat bilan taʼminlamoqda.
— Sexni ochishdan olldin ichki bozorni oʻrgandik. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizga talab yuqoriligi bizni shu ishga undadi, – deydi tadbirkor Suxrob Gʻaybullayev. — Kuniga oʻrtacha 200 donagacha stol va stul tayyorlab chiqarib, yiliga 120 million soʻm atrofida daromad koʻrayapmiz. Yaqin kelajakda faoliyatimizni yanada kengaytirib, bozor talabidan kelib chiqib, boshqa turdagi temir mahsulotlarini ham ishlab chiqarish niyatidamiz.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati





