Xitoyning Guanjou konsuli va Guadon provinsiyasi mutasaddilari bilan onlayn muloqot qilindi
2024-11-08 09:45:00 / Yangiliklar

Videomuloqot tarzidagi muzokarada Buxoro viloyati hamda Peshku tumanining iqtisodiy imkoniyatlari, sanoat va turizm sohalaridagi salohiyati, amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar, xorijiy investorlarga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berilib, bu borada taqdimotlar qilindi.
Samimiy kechgan muloqotda xitoylik hamkorlar tomonidan buxorolik investorlar uchun Guandon provinsiyasida vakolatxona va shourum ochish taklifi berilgani holda yaqin kelajakda oʻzaro teng manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, investitsiyaviy loyihalar roʻyobi uchun katta xayrixohlik bildirildi.
Muzokarada xitoylik ishbilarmon doira vakillarining viloyatimizda paxta yigiruv va toʻqimachilik sanoati, sintetik tola ishlab chiqarish, qurilish tarmogʻi uchun talab yuqori boʻlgan materiallar, pardozbop toshlar tayyorlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligida mevani qayta ishlash va qadoqlash, farmatsevtika tarmogʻiga boʻlgan qiziqishi ayon boʻldi. Xuddi shunday, ayni paytda Peshkoʻ tumani choʻl massivida yerosti resurslaridan granit va boshqa tosh qazilma boyliklarini yangi texnologiyalar orqali oʻzlashtirish tarmogʻini rivojlantirish xususida gap bordi.
Umuman, muzokarada maʼqullanganidek, Xitoyning Guanjou konsuli va Guadon provinsiyasi mutasaddisi boshchiligidagi delegatsiyaning yaqin kunlarda Buxoro viloyatiga kutilayotgan xizmat safari yuqoridagi kabi tarmoqlarda oʻzaro sheriklikdagi amaliy saʼy-harakatni boshlash uchun zamin yaratadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






