G‘ijduvon: “Guliston”da 40 nafar yosh bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
2024-10-05 08:50:00 / Yangiliklar

Ertamiz egalari uchun unutilmas shodiyonaga aylangan bu to‘ydan ayniqsa, bolajonlar ota-onalari, bobo-buvilari juda xursand bo‘lishdi. Sunnat to‘yi nishonlanayotgan bolajonlarning har biriga homiylar tomonidan kiyim-kechak, velosiped va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda hozir bo‘lgan jamoatchilik vakillari, nuroniylar el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, obodlik, xalqimiz turmush farovonligini tilab, duoga qo‘l ochdilar. Ota-onalar vakillari bolajonlar uchun shunday bayramona tadbirni uyushtirgan barchaga o‘z samimiy minnatdorliklarini bildirdilar.
Tuman madaniyat uyi xushovoz xonandalari esa konsert dasturi bilan to‘kin dasturxon bezatilgan to‘y davrasiga fayz bag‘ishladi. Albatta, bu kabi tadbirlar yurtimizda har bir bola mehr-e’tibordan chetda emasligining yorqin ifodasi, xalqimizga xos insonparvarlik namunasidir.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









