Olot: “Sharq yulduzi” madaniyat markazi ham yangi qiyofaga kirdi
2024-10-03 09:40:00 / Yangiliklar

Bu, albatta, barkamol avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur, o‘z azaliy qadriyat va an’analari bilan faxrlanish tuyg‘ularini qaror toptirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lgani bois madaniyat markazlari faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yishga doir tavsiya va topshiriq berilgandi.
Olot tumani "G‘anchi Chandir" mahallasi hududida joylagan 25-son "Sharq yulduzi" madaniyat markazi namunali madaniyat markazi sifatida qayta tashkil etildi. Buning uchun tuman hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra mahalliy budjetdan zarur mablag‘ ajratildi. Birinchi navbatda tumanda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida markazda zamonaviy kinozal tashkil qilindi.
Madaniyat markazidagi kutubxona kitob fondini boyitish maqsadida badiiy adabiyot, “Madaniyat karvoni” loyihasi doirasida respublika Madaniyat vazirligi tomonidan milliy cholg‘u asboblari bilan ham ta’minlangani yosh musiqa shinavandalari uchun ayni kutilgan yangilik bo‘ldi.
Bundan tashqari, tuman mahalliy budjetidan ajratilgan sarmoya hisobidan markazdagi to‘garak va jamoalar faoliyati uchun 15 turdagi jami 34 dona musiqa va cholg‘u asboblari, sahna chiroqlari jamlanmasi xarid qilingani yosh iste’dodlarni tarbiyalashga xizmat qiladi, albatta.
Madaniyat markazining ochilish marosimi katta tantanaga aylandi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov, tuman hokimi Nargiza Nematova, Respublika ishchi guruhi vakili Xusniddin Norqulovlar so‘zga chiqib, sohada mas’ul xodimlar, mehnat faxriylari, yoshlar va ularning ota-onalarini yangi markaz va undagi qulayliklar bilan samimiy tabrikladilar.
Alvon lenta qirqilgach, mehmonlar namunali Madaniyat markazi faoliyati, undagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda muhtasham kinozalda hujjatli o‘zbek filmi yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









