Filialda oʻpka jarrohligiga oid kaminvaziv, yuqori texnologik operatsiyalar yoʻlga qoʻyildi
2025-12-22 09:55:00 / Yangiliklar

Bu jarayonda “Tibbiyotni xalqqa yaqinlashtirish” strategiyasi doirasida yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni joylarda yoʻlga qoʻyish va murakkab operatsiyalar turini kengaytirish samarasi oʻlaroq, bemorlar salomatligini saqlashda qator yutuqlarga erishilmoqda. Muhimi, endilikda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari viloyatimizda, jumladan, respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ham malakali vrachlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Tibbiyot mutaxassislari taʼbiri bilan aytganda, torakoskopik atipik oʻpka rezeksiyasi—zamonaviy yondashuvlar va klinik afzalliklari xususida toʻxtalsak. Torakoskopik atipik oʻpka rezeksiyasi (VATS wedge resection) — oʻpkaning periferik segmentlarida joylashgan shishlar, kistalar, metastazlar hamda nomaʼlum etiologiyali toshma oʻchoqlarni tashxislash va davolash maqsadida minimal invaziv usulda olib tashlashga doir jarrohlik amaliyotidir. Mazkur operatsiya texnikasi, koʻrsatmalar, qarshi koʻrsatmalar, operatsiyaning afzalliklari va klinik natijalari eʼtiborga loyiq.
Soʻnggi yillarda video-assistensiyalangan torakoskopiya (VATS) torakal jarrohlikda standart usulga aylandi. Atipik rezeksiya intraoperatsion aniqlangan oʻchoqni oʻpka parenximasiga minimal shikast yetkazgan holda olib tashlash imkonini beradi.
Torakoskopik atipik oʻpka rezeksiyasi xavfsiz, samarali boʻlib, bemorning tez tiklanishini taʼminlaydigan minimal invaziv jarrohlik usuli hisoblanadi.
Umuman, ryespublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida bunday yuqori texnologik, kaminvaziv jarrohlik amaliyotlarini kelgusida yanada yuqori saviyada oʻtkazish choralari koʻrilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati






