Olot: "Tashabbusli budjet" tufayli tibbiyot birlashmasi binosi yangicha qiyofa kasb etmoqda
2025-12-03 16:40:00 / Yangiliklar

Bunda tibbiyot birlashmasi jamoasining ham ovoz berishdagi hamjihatldigi muhim oʻrin egallaydi. Qoʻlga kiritilgan gʻoliblik natijasida muassasa uchun 1 milliard 500 million soʻm mablagʻ ajratilib, bu sarmoya tibbiyot birlashmasi fasad qismini mukammal rekonstruksiya qilishga, shuningdek, ichki yoʻllarni kapital taʼmirlashga yoʻnaltirildi.
Hozirga kelib, manzilda qurilish va taʼmirlash ishlari pudratchi “GIDRO CIVIL ENGINEERING” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, taʼmirlash ishlari zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etilib, muassasaning tashqi koʻrinishi toʻliq yangilanmoqda. Ichki harakatlanish hududi esa bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yanada qulay boʻladi.
Yaratilayotgan yangi shart-sharoit, avvalo muassasaga murojaat qiluvchi bemorlar uchun, shuningdek, tibbiyot xodimlari samarali faoliyat yuritishi uchun ham qulay mehnat muhiti shakllanadi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








