Vobkent: “Niyozxoʻja”da Alisher Roʻziyev xonadoni ham quyosh paneliga ega boʻldi
2025-12-03 14:40:00 / Yangiliklar

Jumladan, bunday qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻi, qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻi hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soligʻini toʻlashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, oʻrnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa — oʻn yil muddatga ozod etiladi.
Ryespublika hududlarida aholi xonadonlariga umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan kichik quvvatli quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilmoqda. Bunda dastur doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda oʻrnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga davlat byudjetidan 1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.
Qaror talabidan kelib chiqib, Vobkent tumanida ham ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali hududlarda energiya taqchilligiga barham berishda muayyan ishlar bajarilmoqda.
Turar joyini muqobil energiya manbai bilan taʼminlayotganlar qatorida Niyozxoʻja mahallasida istiqomat qiluvchi Alisher Roʻziyev ham bor. Ayni kunda hududdagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi direktori lavozimida ishlayotgan Alisher Roʻziyev uyi tomiga 3 kilovatt soat quvvatga ega quyosh panelini oʻrnatdi.
— Quyosh panelidan daromad topish uchun bir marta sarmoya kiritsangiz bas, — deydi Alisher Roʻziyev. — Bu mablagʻ evaziga quyosh paneli, invertor, akkumlyator, energiya hisoblagich xarid qilinadi. Ularni oʻrnatib olgach, faqat quyoshdan elektr energiyasini qabul qilib, ortiqchasini isteʼmolchiga sotish kerak. “Aqlli” hisoblagich oʻzi hisoblab, tarmoqqa qancha elektr energiyasi yetkazib berilayotgani va qancha qiymat hosil boʻlganini koʻrsatib turadi. Buni istasangiz qoʻl telefoningizga, xohlasangiz kompyuterga oʻrnatib olasiz. Deylik, har oyning 25-kunida soliq idorasi tomonidan hisobingizga elektr energiyasi puli toʻlab beriladi.
Quyosh paneli tufayli yana bir xonadon elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji bartaraf etilmoqda. Shu bois, hozirda niyozxoʻjaliklarning quyosh panellariga boʻlgan qiziqishi ortmoqda. Endi isteʼmolchi sifatida ehtiyojdan ortiqcha “yashil” energiyani har kilovatini 1000 soʻmdan sotish imkoni berilgani ham ayni muddao. Kundalik turmushda xonadon chiroqlari, televizor, muzlatkich, dazmol, mikrotoʻlqinli pech va boshqa buyumlardan muqobil elektr manbai orqali bemalol foydalanish mumkin.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati








