Qorovulbozor davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi koʻchat yetkazib berishga tayyor
2025-11-25 19:45:00 / Yangiliklar

"Yashil makon" loyihasi doirasida keyingi yillarda Qorovulbozor davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi ham mahalla va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirishda koʻchat yetkazib berish orqali oʻzining munosib hissasini qoʻshmoqda. Ayni kunda 20 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayotgan bu oʻrmon xoʻjaligida 14 xildagi nihol-koʻchat turlari koʻpaytirilmoqda. Xoʻjalikda ayniqsa, qayragʻoch, kulyon, sasna, katalpa, archa, tut va yasin nihollariga talab yuqori.
Manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazish mavsumiga kirishilgan shu kunlarda mazkur oʻrmon xoʻjaligi tomonidan 40 mingdan ortiq nihol tayyorlangan boʻlib, shahar va tumanlar boʻylab buyurtmachi mijozlarga yetkazib berilmoqda.
Kimsasiz choʻl bagʻrida faoliyat boshlaganiga 30 yil toʻlayotgan Qorovulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan ham hozirda 4 ming 470 gektar yer maydonda ellikka yaqin ishchi-mutaxassis mehnati va jonbozligi bilan turli-tuman manzarali daraxt va buta koʻchatlari koʻpaytirilmoqda.
Ahamiyatlisi, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida xoʻjalikda bugunga kelib 350 ming tupdan ortiq koʻchat tayyorlangan boʻlib, viloyatimiz boʻylab buyurtmachi xoʻjaliklariga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.
Ayniqsa, qayragʻoch, sadaqayragʻoch, kulyon, sasna, katalpa, mejavelnik, tut va yasin koʻchatlariga talab yuqori boʻlmoqda. Xoʻjalikda daraxt va buta koʻchatlari bilan birga gul va shifobaxsh oʻsimliklarni oʻstirish va koʻpaytirishga ham eʼtibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, mazkur oʻrmon xoʻjaligi ekin maydonlarida jamoa tomonidan “toʻqsonbosti” uslubida ekinlar ham ekib parvarishlanib, ishchilar manfaatdorligi va roʻzgʻori uchun zahiralanmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









