Davlat boshqaruv akademiyasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
2026-02-20 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Davlat boshqaruv akademiyasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rahbariyati ma'ruzalari bilan qatnashdi.
Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov ishtirok etib, strategiyaning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi – qonun ustuvorligini ta’minlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Vazir ma’ruzasida davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish, fuqarolarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, FHDY va notariat tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq maqsad va ko‘rsatkichlar keltirildi.
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga batafsil va asoslantirilgan javoblar taqdim etildi.





