🔈DIQQAT, E’LON!
2026-02-18 10:00:00 / Vazirlik e'lonlari
‼️O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabaevich joriy yilning 20-fevral kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.
📌Sayyor qabul joyi: Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, “Mayintepa” mahallasi binosi
🖥 Sana va vaqt: 20-fevral, soat 11:00
🗣️ Qabul davomida Samarqand viloyati aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:
➖davlat xizmatlari ko‘rsatish;
➖fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY);
➖yuridik xizmatlar;
➖arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan vazirga murojaat qilishlari mumkin.
🖋 Ro‘yxatdan o‘tish:
Qabulda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari +998 55 701-00-55 (ichki raqam - 4004) telefon raqami orqali 19-fevral kuni soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
⌛ Sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor tartibda:
▪️davlat xizmatlari,
▪️FHDY xizmatlari,
▪️notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.
📍 Hurmatli samarqandliklar!
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.
🔔Eslatma: Sayyor qabulga bora olmaydigan biroq ro'yxatdan o'tgan fuqarolar onlayn tarzda qabul qilinadi.
