Adliya vaziri Yashnobod tumanida mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktidagi sharoitlar bilan tanishdi
2026-02-17 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vaziri Akbar Tashkulov jinoyatchilik va huquqbuzarliklarining barvaqt oldini olish bo'yicha Davlat rahbarining tegishli qarori ijrosi yuzasidan I. Irgashev nomidagi 4-shahar klinik shifoxonasining mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktida bo‘ldi.
Tashrif davomida mazkur maskanda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tartib-intizomni ta’minlash, aholining xavfsizligini kuchaytirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Vazir tomonidan mutasaddilarga fuqarolar bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish, xizmat sifatini yaxshilash hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
